Bugun, 28-aprel sanasida Italiya A Seriyasining 35-tur bellashuvlariga start beriladi.
Kun taqvimidan ikki uchrashuv o‘rin olgan. Tur “Roma” — “Kyevo” bellashuvi bilan ochib beriladi.
Turning markaziy o‘yini esa Toshkent vaqti bilan 23:45 da Milanning “Inter” hamda Turinning “Yuventus” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. “Yuventus” ayni damda “Napoli”dan bir ochko ko‘p jamg‘arga holda musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
“Napoli” esa o‘z uchrashuvini ertaga “Fiorentina”ga qarshi o‘tkazadi.
A Seriya
35-tur bellashuvlari
28-aprel, shanba
Izoh (0)