• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Jurnalist saraton bilan kurashayotgan futbolchi Sirojiddin Sayfiyev nomidan Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayevga murojaat yo‘lladi

    Samarqandning “Dinamo” klubi sobiq futbolchisi Sirojiddin Sayfiyev saraton kasalligiga chalingani haqida avvalroq ma’lum qilingandi. Pulga muhtoj bo‘lgan Sirojiddin “Dinamo”da ishlab topgan pullarini so‘ragan. Biroq klub futbolchi oldidagi qarzni qaytarishni istamagan va haligacha qaytargani yo‘q. Bu haqda jurnalist Farhod Norbo‘tayev o‘z blogida ma’lum qildi. “Daryo” jurnalistning blogini ba’zi tuzatishlar va qisqartirishlar bilan qaytadan chop etadi.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”
    Insoniylik mezoni nima? Bu savolning javobini bundan salkam olti asr oldin buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari aytib ketgan edi:

    Odamiy ersang demagil odamiy,

    Oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.

    Insoniylikning mezoni shu! Har bir kishi modomiki, inson degan buyuk rutbaga munosib bo‘lishni istar ekan, u o‘zgalar dardiga sherik, hamdard va hammaslak bo‘lishga mahkumdir.

    Afsuski, bu dunyoda insoniylik tushunchasi hammada ham baravar bo‘lavermaydi. Ayniqsa, ko‘z o‘ngingda kimdir hayotda yashashi, bu yorug‘ dunyoning bir necha daqiqalari uchun kurashayotgan bir vaqtda, uning sababchilari, shunchaki, aqlan o‘zini chetga tortib, moddiy va ma’naviy yordamni bermay tursa, og‘ir dard bilan kurashayotgan inson dardiga yana yuz bor dard qo‘shilishi turgan gap.

    2014-yilning 24-oktabr kuni Toshkentda “Lokomotiv”ga qarshi kechgan o‘yin Sirojiddin Sayfiyev uchun professional faoliyatidagi so‘nggisi bo‘ldi. O‘sha o‘yinda u “Dinamo” uchun borini berib o‘ynadi. Ammo 84-daqiqada sodir bo‘lgan o‘sha mash’um voqea hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. Alam qiladigani shundaki, jarohatdan so‘ng tez tibbiy yordam mashinasida uni poytaxtdagi “Travmatologiya va ortopediya respublika ilmiy tekshirish instituti” shifoxonasiga olib kelishdi. Biroq futbolchining ortidan “Dinamo” klubi rahbariyatidan hech kim bormadi. Hol-ahvol ham so‘ralmadi. Taqdir ekan o‘sha og‘ir kunlarni ham yengib o‘tgan Sirojiddinni kutilmaganda boshqa bir dard qamrab oldi. Hech kim kutmaganda u saraton kasalligiga chalindi.

    Bu xabarni eshitib qanchadan-qancha insonlar karaxt ahvolga tushib qoldi. Ko‘pchilik, uning bu dardga yo‘liqqqaniga ishonmadi ham. Bu gaplar shunchaki yolg‘on deya e’tiroz bildirganlar ham bo‘ldi. Ammo achchiq bir haqiqat shunda ediki, umrini “Dinamo” jamoasi va Samarqand futboliga bag‘ishlagan Sirojiddin Sayfiyev og‘ir dardga chalingani rost edi.

    Sirojiddin Sayfiyevning oyog‘i singandan so‘ng boshidan kechirgan kechinmalarini avval ham yozgan edim. Bu safar ham uni takrorlash niyatim yo‘q. Ammo bugun betob bo‘lib, hayotda besh kun bo‘lsa-da yashashga umid qilgan insonni “Dinamo” klubi rahbariyati yillar davomida aldab kelayotganligini aytmasam bo‘lmaydi.

    Ha, bugun saraton kasalligi sabab o‘lim bilan kurashayotgan Sayfiyevni “Dinamo” klubi rahbari Shuhrat Hotamov va futbolni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘limi rahbari Baxtiyor Jo‘rayevlar mana necha yildirki “qulog‘iga lag‘mon” ilib kelmoqda. Aynan ularning nayranglari, yolg‘onlari, soxta ma’lumotlari, klubdagi, umuman Samarqand futbolida qilayotgan moliyaviy o‘g‘irliklari sabab bugun millionlab samarqandlik futbol ishqibozlarining sevimli o‘yinchisi bo‘lgan Sirojiddin Sayfiyev Moskvada pulsiz qolib ketdi.

    “Men bu yerda (Moskvada) hayot bilan kurashayapman! Yaqinlarim, do‘stlarim bilan yana avvalgidek birga bo‘lish uchun harakat qilyapman. Ammo “Dinamo” klubi rahbari Shuhrat Hotamov va fond boshlig‘i Baxtiyor Jo‘rayevlar necha yildirki meni aldab, peshona terim bilan topgan pullarimni bermayapti. Natijada mana ikki haftadirki muolajani ololmayapman. Bu yerda muolajasiz o‘tayotgan har bir kunim hayotimga ziyon. Har daqiqa men uchun g‘animat. Ammo ular buni tushunmayapti. Tushunishni istamayapti”, — Sirojiddin Sayfiyev.

    Og‘ir xastalikka chalingan Sirojiddin Sayfiyevdan “Dinamo” klubi rahbariyati o‘sha vaqtda 60 milion so‘m oylik maoshi va mukofot pullaridan qarzdor edi. Ming bir mashaqat bilan o‘sha pullarning 20 million so‘mini oldi, xolos. Bugun esa klub rahbariyati yana 40 million so‘m pulini bermagan. Biroq klubning rasmiy saytida nafaqat futbolchini, balki butun bir xalqni aldab Sirojiddin Sayfiyev oldidagi oylik maosh qarzlarini hisob-kitob qilib to‘ladi degan yolg‘on xabar tarqatildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ushbu xabar klub rahbari va fond boshlig‘ining qistovi asosida qo‘yilganligi aniq bo‘ldi.

    “Zoir Mirzayev viloyatda hokim vaqtlarida Baxtiyor Jo‘rayev va Shuhrat Hotamov viloyat hokimligi tomonidan yozma ravishda tasdiqlangan kafolat xatining ijrosini ta’minlamadi. Kafoat xatida 2015-yil 1-oktabrigacha qarzlar to‘liq to‘lab berilishi aniq qilib ko‘rsatilgandi. Keyin 2016-yilning may oyida O‘FFda bo‘lgan yig‘ilishda yana o‘shalar yozgan arizamni qaytarib olsam pulingni beramiz deb ikkinchi bor aldashdi. Yana bir bor aldanganligimni bilganimdan so‘ng shaxsan o‘zim viloyat hokimining qabulida bo‘ldim. Viloyat hokimi ularga qarzlarni uzish bo‘yicha topshiriq berdi. Lekin baribir ular pul bermadi. Keyin 2017-yilning aprel oyida xalqimiz va klublarimiz tomonidan xayriya aksiyasi o‘tkazilganda, klub 20 million plastik kartochkamga tashlab, hamma qarzlarini to‘ladik deb yolg‘on ma’lumot berdi. Oxirgi marta 2018-yilning mart oyida klub rahbarlariga qolgan ikkita oylik va oltita mukofot pullarini berishini, u pullarga men Moskva shahriga navbatdagi davolanishni o‘tash uchun borishimni aytganimda, ular hokimiyat pul bermaganligini, bu yerda men ham, klub ham aybdor emasligini aytishdi. Xohlasang, 10-15 million qilib berishimiz mumkin, lekin uni ham qachon pul bo‘lsa deyishdi. Mana bir oydirki, Moskvada muolajasiz kutib o‘tiribman”, — Sirojiddin Sayfiyev.

    Hozirgi kunda klub futbolchidan 40 million so‘m oylik maosh va mukofot puldan qarzdor. Bu so‘zimizga klub mutasaddilari e’tiroz bildirib, hokimiyat qilingan smeta pullarini bermaganligi sabab qarzdor bo‘lib qolganliklarini bahona qilishlari mumkin. Ammo fond rahbari Baxtiyor Jo‘rayev 2018-yilgi mavsum boshidan “Dinamo” jamoasining Pro-Liga 1-turdagi safar uchrashuvi va undan keyingi o‘yinlari oldidan futbolchilarga 2017-yildagi oylik maoshlaridan qolgan qarzdorlik sifatida ikki-uch bora pul tashlab berdi. Buni “Dinamo”da to‘p tepguchi vijdoni bor istalgan futbolchidan so‘rasangiz tasdiqlaydi.

    Xo‘sh, ayting-chi, to‘rt muchasi sog‘ bo‘lgan futbolchilar uchun o‘tgan yildan qolgan qarzlari to‘lab berilayapti-yu, bugun hayotda yashash uchun kurashayotgan Sirojiddin Sayfiyevni necha yillardan beri qolib kelayotgan oylik maoshlari nega to‘lanmay kelinmoqda. Xo‘sh, endi o‘ylab ko‘ring-chi, hokimiyat o‘tgan yili pul bermadi degan bahona qanchalik asosli bo‘la oladi? O‘ziga kerak bo‘lganda 2018-yilda futbol uchun ajratilgan pullarni 2017-yilgi qarzlar uchun ishlatish mumkinu, og‘ir xastalikka chalingan, eng muhimi “Dinamo” uchun jon kuydirib o‘ynagan futbolchining pullariga kelganda hokimiyat pul bergisi kelmay qoladimi?

    Boshqalarni bilmadim-u, mening nazarimda klub rahbariyati va fond hamkorlikda o‘sha pulni allaqachon “tuya” qilib bo‘lgan. Alal oqibatda bugun o‘sha pulni cho‘ntagidan to‘lab berishni istashmayapti.

    Meni bir savol qiynaydi. butun boshli viloyat, dunyo sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan, dunyo tan olgan shaharda og‘ir xasta bo‘lib qolgan futbolchining qarzlarini berish uchun pul topilmay qolsaya! Shuhrat Hotamov va Baxtiyor Jo‘rayevlarning odatiy bahonasi bitta. Hokimiyat pul bermayapti. O‘z-o‘zidan har qanday insonda hokimiyat va hokimga nisbatan nafrat uyg‘onmoqda. Aslida haqiqatdan ham hokimiyat “Dinamo”ga pul bermayaptimi? Menimcha bu Shuhrat Hotamov va Baxtiyor Jo‘rayevning hokimiyatni “pechka” qilib muxlislar oldida o‘zini oqlashning oddiy yo‘li. Boisi, “Dinamo” jamoasi uchun 2015-yilda 5 milliard, 2016-yilda salkam 4 milliard, 2017-yilda 12 milliard, 2018-yilda 12 milliard 800 million so‘mlik smeta qilib kelingan va o‘sha pullar klubga berilgan. Futbol fondi va klub rahbariyatining vijdoni bo‘lsa ushbu mablag‘lar ichidan Sirojiddinning pullarini to‘lab bermasmidi? Oddiy muxlislarga doimo, hokimni aybdor qilib keladigan bunday noinsoflardan yana nimani kutish mumkin.

    Men kasbim taqozosi bilan Samarqand viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayevni bugungi faoliyati, xalq bilan birga ishlashiga ko‘p bora amin bo‘lganman. Har qanday masalani e’tibordan chetda qoldirmay, uning yechimini topib kelganiga guvoh bo‘lganman. O‘ylaymanki, bugun tirik qolish va bu dunyo havosidan yana nafas olish uchun kurashayotgan Sirojiddin Sayfiyevga ham Samarqand viloyat hokimligi alohida e’tibor qaratadi. Sirojiddin uchun peshona terisi bilan halol ishlab topgan oyliklarini bersa kifoya. Shunday salohiyati keng, dovrug‘i butun dunyoga mashhur Samarqandda birgina futbolchining oylik maoshini olishi shu qadar muammoga aylanib ketmasa kerak, nazarimda.

    Ha, aytgancha! Bugun futbolni rivojlantirish yo‘lida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi qilayotgan ishlarga ortiqcha ta’rifning keragi yo‘q. Ayniqsa, tartib intizomni buzgan jamoalarga qat’iyatlik bilan ko‘rilayotgan jazolar bugun klublar o‘z ishlariga to‘g‘ri yondashishiga sabab bo‘lmoqda.

    Sirojiddin Sayfiyev oylik maoshlarini olish uchun bir necha bor O‘FA va PFLga murojaat qildi. Ammo ular ham Shuhrat Hotamov va Baxtiyor Jo‘rayevning “lag‘monlari”ga aldanib qolishdi. Axir Sirojiddin Sayfiyev ushbu tashkilot vakillariga xayriya o‘tkazib pul yig‘ib beringlar demayapti-ku. U shunchaki halol ishlab topgan pullarini olishda yordam berishni, mavjud muammoni kerak bo‘lsa, viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayevga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilib to‘g‘ri tushuntirish kerakligini va davolanish uchun o‘z oyliklarini tezroq olib berishlarini so‘rab murojaat qilgan, xolos.

    Mana shunday hayot bilan kurashayotgan futbolchilarga, umuman futbolchilarning haq-huquqlariga bee’tiborlik bo‘lsa, futbol bo‘yicha tuzilayotgan memorandumlarning nima keragi bor bizga. O‘FA futbolchilarning haq-huquqlari bo‘yicha ham qat’iy qaror chiqarish vaqti keldi, nazarimda.

    Farhod Norbo‘tayev, jurnalist

    28.04.2018, 22:08   Izoh (0)   33694
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    APL. “Roma”ga beshta gol urgan “Liverpul” “Stok Siti”ni mag‘lub eta olmadi (video)

    28.04.2018, 19:28

    Liga 1 va Bundesligada bugun va ertaga bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi

    28.04.2018, 15:34

    A Seriya. “Yuventus” bugun chempionlik yo‘lida “Inter”ga qarshi jang qiladi

    28.04.2018, 14:49

    Toshkentlik ota-ona farzandiga Muhammad Saloh deb ism qo‘ydi (foto)

    28.04.2018, 11:28

    La Liga. “Real Madrid” bugun “Leganes”ni o‘z maydonida qabul qiladi, “Barselona” esa ertaga “Deportivo” mehmoni bo‘ladi

    28.04.2018, 10:44

    APL. Bugun “Liverpul” o‘z maydonida “Stok”ni qabul qiladi, “Chelsi” esa “Suonsi” mehmoni bo‘ladi

    28.04.2018, 10:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 10:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.