Isroildagi ma’lumotlarga qaraganda, Eron va Shimoliy Koreya rasmiylari ballistik dastur bo‘yicha hamkorlik olib boradi. Bu haqda Isroil razvedka vaziri Israel Kats ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“O‘ylashimcha, hamkorlik olib borilmoqda, u ballistik raketalar ishlab chiqarishga oid. Bizda dalil bor. Bizda dalil ko‘p”, — dedi u.
Shuningdek, u KXDR va Janubiy Koreya yetakchilari uchrashuvi yakunlariga ko‘ra qabul qilingan qo‘shma deklaratsiya AQSH prezidenti Donald Trampga Eron bilan yadroviy kelishuvni qayta ko‘rib chiqish imkonini berishiga umid bildirdi.
“Endi unda Eronga qarshi imkoniyat ko‘p bo‘ladi, balki u Yevropa Ittifoqini koalitsiyaning zaif halqasi bo‘lmaslikka ko‘ndira olar”, — ta’kidladi Kats.
Izoh (0)