Rossiyaning “Vostochnaya stividornaya kompaniya” MChJ (Global Ports guruhiga kiradi) yuklarni yetkazishning konteyner servisi doirasida O‘zbekiston temiryo‘lining Chuqursoy stansiyasi yo‘nalishidagi ilk jo‘natmani amalga oshirdi, deb yozadi “Sputnik O‘zbekiston”.
“VSK” matbuot xizmatining xabar berishicha, 2018-yilning 29-mart kuni 60 ta qirq futlik konteyner 38 ta platformaga joylashtirilgan va Naxodka-Vostochnaya stansiyasidan jo‘natilgan.
9-aprel kuni qarama-qarshi yo‘nalishda tranzit yuki — yigirilgan ip va polietilen ortilgan 76 ta qirq futlik konteyner jo‘natilgan. Poyezd “VSK” MChJ terminaliga 20-aprel kuni yetib kelgan.
Izoh (0)