AQSh Davlat departamenti kadrlaridagi o‘zgarishlar Qo‘shma Shtatlar tomonidan Ukrainaning qo‘llab-quvvatlanishi kamayishiga olib kelmaydi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin 22-aprel kuni Torontoda AQSh davlat kotibi vazifasini bajaruvchi Jon Sallivan bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“AQShning boshqaruvdagi ma’muriyatida allaqachon ishlayotganlar, jumladan, prezidentning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yangi maslahatchisi Jon Bolton va keyingi haftadayoq lavozimiga tasdiqlanuvchi Mayk Pompeo ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi pozitsiyaga ega, shuning uchun AQSh bilan aloqalarda yangi imkoniyatlarni qo‘lga kiritamiz deb o‘ylayman”, — dedi Klimkin.
Vazirning so‘zlariga qaraganda, AQShda Ukrainani demokratik partiya vakillari bilan birga respublikachilar ham qo‘llab-quvvatlamoqda.
Izoh (0)