Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning vazni 3,9 kilogrammni tashkil qilgan. Ayni paytda ona va bola o‘zini yaxshi his qilyapti, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Keytning eri shahzoda Uilyam tug‘riq vaqtida uning yonida bo‘lgan.

Chaqaloq hisob bo‘yicha Buyuk Britaniya taxtiga beshinchi voris bo‘ldi.

Avvalroq Keyt Middltonning tug‘ruqxonaga olib ketilgani haqida xabar berilgan edi.