Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan Bahodir Xolmurodovning uyiga ota-onasi mehmonga keldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi
xabar berdi.
19-aprel kuni soat 16:00 atrofida mehmondorchilikdagi er-xotinning o‘rtasida janjal ko‘tarildi.
Mojaro oqibatida Sho‘rchi tumani Ezgulik mahallasida yashovchi, 1957-yilda tug‘ilgan Bo‘ron Xolmurodov turmush o‘rtog‘i, 1960-yilda tavallud topgan F. G‘unchiyevaga pichoq urib, jarohat yetkazadi.
F. G‘unchiyeva kasalxonaga yotqizildi. Bo‘ron Xolmurodov qo‘lga olindi.
Izoh (0)