Toshkent shahri, Olmazor tumani IIBga 20-aprel yirik miqdordagi firibgarlik holati yuzasidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Murojaatga ko‘ra, 2015-yil 16-iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani, Quyuqko‘pir qishlog‘ida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan O. Matqurbonov tanishi, 1955-yilda tavallud topgan M. Aytekovga Malayziyadan arzon narxda tibbiyot qo‘lqopchalar olib kelib berishini aytib, olgan. Biroq bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida O. Matqurbonov ushlandi.
Izoh (0)