Millatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar rahbarlari 20-aprelda Uels shahzodasi Charlzni hamdo‘stlikning bo‘lajak rahbari sifatida tasdiqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bunday qaror Vindzor qal’asida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qabul qilingan. Biroq Uels shahzodasi hamdo‘stlikka Yelizaveta II ning o‘limidan keyingina rahbar bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Yelizaveta II uning o‘g‘li shahzoda Charlzni hamdo‘stlikning bo‘lajak rahbari etish so‘rovi bilan murojaat qilgan.
Hamdo‘stlikka Buyuk Britaniya va uning sobiq dominionlari, koloniyalari va himoyachilari kiradi. U jami 52 mamlakat, shu jumladan, Avstraliya va Kanadadan tashkil topgan. Odatda, Millatlar hamdo‘stligini Buyuk Britaniya monarxi boshqaradi. Biroq rahbarlik meros bo‘lib qolmaydi va rahbar hech qanday formal vazifani bajarmaydi.
Izoh (0)