Xitoyning Szilin shimoli-sharqiy provinsiyasi yuqori xalq sudi 1994-yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan, biroq jazo muddati kechiktirilgan Lyu Chjunlinni oqladi, deb xabar beradi “TASS”.
“Sudning dastlabki qarori dalillarning yetarli emasligi bois haqiqiy emas deb topildi”, — deyiladi xabarda.
Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, nohaq ayblangan fuqaro moddiy yordam puli oladi.
Joriy yilda 50 yoshni qarshilagan Lyu Chjunlinning so‘zlariga ko‘ra, u oqlanishini uzoq kutgan.
1990-yilning oktabr oyida politsiya Szilin provinsiyasidagi Dunlyao uyezdida bir yil avval uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan ayolning jasadi topgan. Marhuma 21 haftalik homilador bo‘lgan. O‘shanda politsiya hodisa yuzasidan asosiy gumondor Lyu Chjunlin deb topgan. Chjunlin o‘lim jazosiga hukm qilingan, biroq keyinroq o‘lim jazosi kechiktirilgan, so‘ngra 25 yillik qamoq jazosi bilan almashtirilgan.
Izoh (0)