Toshkent shahrining Mirobod tumanida 17-aprel kuni ro‘y bergan YTHda bir kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohat oldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni soat 21:05 atrofida S.Ziyavutdinov Cobalt rusumli avtomashinasini Nukus ko‘chasi, 100-uy oldida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, yo‘l chetidagi simyog‘ochga borib urildi.
Hodisa oqibatida haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.
Yana bir yo‘lovchi, 2005-yilda tug‘ilgan Yo.Ziyavutdinov kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)