Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi musodara etilgan transport vositalarining yangi turkumini onlayn-auksionga qo‘ydi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Jumladan, Lexus IS250 avtomobilining boshlang‘ich bahosi 143,8 million so‘m etib belgilandi. Mercedes-Benz E200 185,6, Audi A6 esa 176 million so‘m baholandi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yil kuzidan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan E-Ijro auksion elektron savdo maydoni har kuni yangilanmoqda. Bugungi kunda unda 850 dan ortiq lot mavjud.
Izoh (0)