Germaniya hukumati AQSh rahbariyatiga murojaat qilib, Germaniya biznesini Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarda qatnashishdan ozod qilishni so‘ramoqchi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
The Wall Street Journal manbalariga tayanib xabar qilishicha, Germaniya moliya vaziri Olaf Shols Vashingtonga tashrifi chog‘ida AQShdan nemis kompaniyalarini Rossiyaga qarshi sanksiyalar ta’siridan chiqarishni so‘raydi. Bunda ma’lum bir kompaniyalar emas, balki butun Germaniya biznesi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, Germaniya kansleri Angela Merkel ham ushbu masalani AQSh prezidenti Donald Tramp bilan aprel oxirida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda muhokama qilmoqchi.
Manbalar fikricha, Germaniya hukumatiga Rossiyada biznes yurituvchi hamda AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni deb daromadidan ayrilishni istamayotgan yirik kompaniyalar bosim o‘tkazmoqda.
Izoh (0)