Qirg‘iziston parlamenti deputatlari 19-aprel, payshanba kuni bosh vazir Sapar Isakov rahbarligidagi respublika vazirlar mahkamasi tarkibiga ishonchsizlik bildirish uchun ovoz berdi, deb yozadi “TASS” mamlakat qonun chiqaruvchi organi apparatiga tayanib.
“Bu taklifni deputatlik korpusining yarmidan ko‘pi qo‘llab-quvvatladi”, — deya ma’lum qilishdi parlamentda. Tez orada deputatlar qarori mamlakat prezidenti Sooronboy Jeenbekovga yo‘naltiriladi.
Bunday tashabbus bilan muxolifat fraksiyasi vakillari chiqish qilgan. 17-aprel, seshanba kuni parlament ozchiligiga kiruvchi “Respublika-Ata-Jurt”, “Ata-Meken” va “Onuguu-Progress” fraksiyalari vazirlar mahkamasining 2017-yilgi faoliyatini qoniqarsiz deb topgandi.
Izoh (0)