Xorazm viloyatining Urganch shahrida 16-aprel kuni yosh ayolning o‘limiga sabab bo‘lgan baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni soat 02:15 atrofida Abulg‘ozi Baxodirxon ko‘chasi, 214-uyda yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan B.Salayevning uyida mehmonda bo‘lgan tanishi, 1985-yilda tug‘ilgan M.Axmedova shu uyning 5-qavatida joylashgan balkondan pastga tushib ketgan.
Ayol mast holda bo‘lgani bildirilmoqda.
M.Axmedova olingan jarohatlar oqibatida voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)