AQShning “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi” (“Grin kard” viza lotereyasi) dasturi qoidalari barcha takroriy arizalarning diskvalifikatsiya qilinishini talab etadi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi elchixonasi ogohlantirdi.
Elchixonaga ko‘ra, agar ishtirokchi dastur g‘olibi sifatida saralangan bo‘lsa va nomiga shu yilgi “Grin kard” uchun birdan ortiq ariza topshirilgani aniqlansa, dasturdan diskvalifikatsiya qilinadi.
Kelajakda yana dasturda qatnashish huquqi saqlanib qoladi, biroq nomidan faqat bitta ariza topshirilganiga ishonch hosil qilish lozim.
Har doimgidek, er-xotinlarning har biri o‘z nomidan alohida ariza topshirishi mumkin. Arizaning tegishli punktida turmush o‘rtog‘iga oid ma’lumotlar kiritilishi shart.
Izoh (0)