O‘z nafsining quliga aylangan ayrim shaxslar hududlarda qurilayotgan uy-joylarni taqsimlashda noqonuniy ravishda shaxsiy boylik orttirishga urinmoqda, deb yozadi O‘zA.
Urganch shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni biriktirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy komissiya tarkibidagi bir guruh shaxslar 2018-yil 10-aprel kuni uy-joyga muhtoj bo‘lib, murojaat qilgan fuqaro X.Otajonovdan ajratilgan bir xonali kvartirani uch xonalisiga almashtirish masalasida yordam berishni va’da qilib, uning ishonchiga kirib, uch million so‘m pulni qonunga xilof ravishda olayotganida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fosh etildi.
Mazkur holat yuzasidan, bir guruh shaxslarga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)