Daryo

Eng kuchli armiyalar reytingida O‘zbekiston 9 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi

Reytingda 136 mamlakat qurolli kuchlari ishtirok etgan

1 daqiqa o‘qish140 780 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sputnik

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari 2018-yilda dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 9 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 39 o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda Sputnik.

Foto: Sputnik

Global Firepower tomonidan tuzilgan reytingda 136 mamlakat qurolli kuchlari ishtirok etgan. Ushbu mamlakatlarning qurolli kuchlari 50 dan ortiq ko‘rsatgichlariga qarab baho berilgan. Xususan, quruqlik harbiy kuchlari quvvati, harbiy havo kuchlari quvvati, dengiz kuchlari quvvati harbiy texnika va harbiy xizmatga layoqatli aholi soni, harbiy sektorning moliyalashtirilishi, mamlakatda yonilg‘i manbalari borligi, transport infratuzilmasining rivojlanganligi va boshqa ko‘rsatgichlar.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ixtiyorida 420 ta tank, 179 ta samolyot, 715 ta jangovar mashina, 143 ta o‘ziyurar to‘p, 880 ta to‘p va 109 ta yoppasiga o‘t ochish qurollari mavjud.

MDH mamlakatlari orasida O‘zbekiston qurolli kuchlari Rossiya va Ukrainadan keyin ikkinchi o‘rinni egallamoqda. Belarus — 41, Qozog‘iston – 50, Ozarbayjon —53 o‘rinlarni egallagan.

Reytingning eng yuqori pog‘onasida AQSh (1), Rossiya (2), Xitoy (3), Hindiston (4), Fransiya (5), Britaniya (6), Janubiy Koreya (7), Yaponiya (8), Turkiya (9), Germaniya (10) va boshqa mamlakatlar joylashgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar