15-aprel kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidan o‘tuvchi “Toshkent – Termiz” M-39 yo‘lining 1003-kilometrida navoiylik Shaxob Muhammedov boshqaruvchidagi Lacetti avtomashinasida YTH sodir etdi. Bu haqda Jizzax viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib borayotgan avtomashina rul boshqaruvini yo‘qotdi.
Natijada avtoluov salonida bo‘lgan yo‘lovchi Mehriddin Sayfiyev tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasida vafot etdi. Uning qo‘shnisi, yana bir yo‘lovchi Po‘lat Sharipov tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizildi.
Holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)