AQSh FQB sobiq rahbari Jeyms Komi Donald Tramp axloq nuqtai nazaridan prezidentlik uchun layoqatsiz deb hisoblaydi. Bu haqda u ABC’ga intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
U Trampni “layoqatsiz” deb hisoblashi yoki buning aksi ekanligi haqidagi savolga Komi bu iborani ba’zi odamlar tushunadigan ma’noda tushunmasligini ma’lum qildi.
“U o‘rtachadan yuqori intellektga ega bo‘lgan inson sifatida meni hayratga soladi. U suhbatlarni kuzatib boradi va nima yuz berayotganligini biladi, — deydi Komi. — U prezidentlikka tibbiy nuqtai nazardan to‘g‘ri kelmaydi deb o‘ylamayman. U bunga axloqan layoqatsiz deb hisoblayman”.
Komining fikricha, Tramp sababli va sababsiz muntazam yolg‘on gapiradi va amerikaliklar bunga ishonishini talab qiladi.
Izoh (0)