Chernogoriya prezidenti saylovida sotsialist Milo Jukanovich g‘olib bo‘lmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u ovozlarning 57 foiziga ega bo‘ldi. Bu haqda respublika saylov komissiyasining ovozlarni hisoblash bo‘yicha ilk rasmiy ma’lumotlari guvohlik bermoqda.
Jukanovichning asosiy raqibi — iqtisodchi va parlament sobiq deputati, bir qator muxolifat partiyalari tomonidan ilgari surilgan Mladen Boyenich qariyb 33 foiz ovozlarga ega bo‘ldi. Uchinchi o‘rinda — yagona ayol nomzod Draginya Vuksanovich (4 foiz).
Chernogoriya prezidenti lavozimiga yetti nomzod da’vogarlik qildi.
Ulardan biri birinchi turda 50 foizdan ortiq ovoz to‘plasa, ikkinchi tur o‘tkazilmaydi.
Izoh (0)