• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Deputat O‘zbekistondagi OTMlarda kontrakt to‘lovlari miqdorini kamaytirishni taklif qildi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdurashid Abduqodirov oliy ta’lim muassasalaridagi kontrakt to‘lovi miqdorini kamaytirish, talabalar qabulini tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirish taklifini ilgari surmoqda. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Xo‘sh, ushbu takliflar nimalardan iborat va u odamlarga nima beradi?

    — Mamlakatda oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotasining 30 foizga yaqin qismini davlat granti tashkil etadi, — deydi Abdurashid Abduqodirov. — Amaldagi tartibga ko‘ra, to‘lov-kontrakt mablag‘larining yarmidan ko‘pi talabaning o‘ziga stipendiya sifatida qaytarib berilsa, qolgan qismi o‘qitishning boshqa xarajatlari uchun yo‘naltiriladi.

    Biroq har yili mamlakatda yuzlab yoshlar kontrakt to‘lovlarini to‘lay olmagani oqibatida talabalar safidan chetlashtirilayotgani, yana minglab oilalar kontrakt to‘lovlarini to‘lashda qiyinchiliklarga duch kelayotganini barchamiz yaxshi bilamiz.

    Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida ta’til oylarida talabalarga stipendiya to‘lamasdan, xarajatlarning kamayishi hisobiga, barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdorini o‘rtacha eng kam ish haqining uch barobari (taxminan 510 ming so‘m) miqdorida kamaytirish; o‘quv yilining navbatdagi yarim yili bo‘yicha stipendiya tayinlangan har bir oy uchun stipendiyaning eng kam ish haqining bir yoki bir yarim barobaridan ortiqcha qismi hisobidan o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov-kontrakt mablag‘i miqdorini kamroq to‘lash tartibini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda.

    Bu esa bir o‘quv yili uchun, kontrakt to‘lovini 1,6 million so‘mdan 4,5 million so‘mgacha kamroq to‘lash imkonini beradi. Talaba yoki uning ota-onasining avvaldan to‘lagan kontrakt to‘lovi mablag‘i hisobidan, keyinchalik uning bir qismini stipendiya qilib berilayotganini inobatga olsak, yuqoridagi taklifni amaliyotga joriy etish adolatliroq bo‘ladi hamda talabalar va ularning ota-onalari uchun katta qulayliklar yaratadi.

    Shuningdek, ushbu taklif loyihasida, to‘lov-kontrakt shartnomasi asosida qabul qilingan eng ko‘p ball to‘plagan talaba ham, eng kam ball to‘plagan talaba ham bir xil miqdorda to‘lov-kontrakt mablag‘ini to‘layotgani abituriyentlarning yuqori ball to‘plashga bo‘lgan intilishlarininng kamayishiga olib kelayotganligi sababli oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabulini tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirish taklif etilmoqda.

    Unga ko‘ra, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ajratilgan kvota asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning, qoida tariqasida, yuqori ball to‘plagan birinchi 12 foizi to‘liq davlat granti asosida, talabalikka tavsiya etilgan keyingi har 12 foiz abituriyentlar belgilangan to‘lov-kontrakt mablag‘i miqdorining mos ravishda 35, 60 va 80 foizini, qolgan 52 foiz abituriyentlar esa to‘lov-kontrakt mablag‘i miqdorining 100 foizini to‘lash asosida o‘qishga qabul qilinishi nazarda tutilmoqda.

    Ushbu taklifni soddaroq tushuntiradigan bo‘lsak, amaldagi tartibga ko‘ra, bir ta’lim yo‘nalishiga qabul qilingan 100 nafar talabaning 27 nafari davlat granti asosida, qolgan 73 nafar talabaning har biri, misol uchun o‘rtacha 7 million 250 ming so‘mdan to‘lab (jami 529 250 000 so‘m) o‘qiydi. Taklifga ko‘ra esa, to‘plagan balliga qarab dastlabki 12 nafar talaba to‘liq davlat granti assosida, keyingi 12 nafar talaba to‘lov kontrakt miqdorining 35 foizini yoki 2 million 538 ming so‘m, keyingi 12 nafar talaba to‘lov kontrakt miqdorining 60 foizini yoki 4 million 350 ming so‘m, navbatdagi 12 nafar talaba esa to‘lov kontrakt miqdorining 80 foizini yoki 5 million 800 ming so‘m, qolgan 52 nafar talaba esa to‘lov kontrakt miqdorini to‘liq ya’ni, 7 millon 250 ming so‘mini to‘laydi.

    Agar taklifning kontrakt to‘lovini kamaytirish bo‘yicha bildirilgan qismi inobatga olinsa, yuqoridagi kontrakt to‘lovi miqdorlari yana ham kamayadi. Ushbu taklif qo‘llab-quvvatlangan taqdirda abituriyentlarning yuqori ball olish uchun bilimli bo‘lishlari yanada rag‘batlantiriladi; to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lashda fuqarolarga tushadigan yuk kamayadi; to‘lov-kontraktdan tushadigan mablag‘ umumiy mablag‘ga nisbatan jami 0,5 foizga, ya’ni 6 milliard so‘mga yaqin miqdorda ortadi hamda to‘lov-kontrakt pulini 100 foiz to‘laydigan talabalar sonini 20 foiz kamaytirishiga erishiladi.

    14.04.2018, 11:53   Izoh (0)   50680
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bo‘z tumanida yong‘in o‘chirish qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi

    14.04.2018, 11:00

    O‘zbekistondagi shahar va tumanlarda adliya bo‘limlari tashkil etiladi

    14.04.2018, 10:00

    Ilhom Norqulov Markaziy bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi

    14.04.2018, 09:33

    Qoraqalpog‘istonlik bojxonachilar noqonuniy saqlanayotgan qurol va o‘q-dorilarni aniqladi

    13.04.2018, 23:45

    Olmaotada o‘zbek qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda

    13.04.2018, 23:33

    Namangan shahrining Ma’naviyat ko‘chasida sobiq kuyov qaynonasini kaltakladi

    13.04.2018, 23:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.