O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan Ilhom Norqulov Markaziy bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Norqulov Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakultetida tahsil olgan. Glazgo universitetida (Buyuk Britaniya) “Iqtisodiy rivojlanish” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
Iqtisodiyot vazirligi tizimida va ishlab chiqarish sohasida ish tajribasiga ega.
Markaziy bankdagi faoliyatini 2010-yilda bosh mutaxassis lavozimidan boshlagan, 2013—2018-yillarda monetar siyosat departamentiga rahbarlik qilgan.
Izoh (0)