10-aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta muzokarachisi Sara Kroft boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston – Britaniya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda asosiy e’tibor Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bilan bog‘liq dolzarb masalalarga qaratildi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi amaldagi Bitim qoidalarini Brexit jarayonidan so‘ng kuchga kirishi kutilayotgan ikki tomonlama O‘zbekiston – Britaniya shartnomasi loyihasiga kiritish to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Muzokaralarda Buyuk Britaniya elchisi Kristofer Alan ishtirok etdi.
Izoh (0)