Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Toshkent va Sietl o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilganligining 45 yilligi va Navro‘z bayramiga bag‘ishlab AQShda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.
Tashrif davomida bir nechta iqtisodiy muzokaralar ham o‘tkazildi. Xususan, Boeing korporatsiyasi vakillarining ma’lum qilishicha, kompaniya 2020-yilga qadar O‘zbekistonga yana to‘rtta Boeing 787 Dreamliner samolyotini yetkazib beradi. Hozirda “O‘zbekiston havo yo‘llari” ikkita Boeing-787 Dreamliner samolyotidan foydalanmoqda.
Sietlga tashrif yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonga sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha tajriba almashish yuzasidan Visit Seattle tashkiloti bilan hamkorlik memorandum imzolandi.
Izoh (0)