2018-yil 9-apreldagi Hukumat qaroriga asosan Abdusalim Yusupov va G‘ayrat Abduvohidovlar Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosarlari etib tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi Prezidentning 2018-yil 23-fevraldagi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi respublikada xorijiy texnologiya asosida mahalliy kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish, hosildorligi yuqori bo‘lgan kartoshka ko‘chatlarini yetishtirishni tashkil etish hisoblanadi.
Mart oyida Elyor Toshpo‘latov hukumat qaroriga muvofiq Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisi etib tayinlangan edi.
Izoh (0)