• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda bepul huquqiy yordam ko‘rsatuvchi yuridik klinikalar mavjudligini bilasizmi?

    Agar advokatga pulingiz bo‘lmasa, kimdan bepul huquqiy yordam olish mumkin ekanligini, hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bunday vaziyatda yuridik klinikadan yordam so‘rash – eng ma’qul va to‘g‘ri yo‘l. Butun respublikada bir nechta yuridik klinikalar (YK) mavjud. Ulardan eng tajribali va zamon sinovlaridan o‘tgani Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi yuridik klinika. Ushbu manzilgohning asosiy ikkita maqsadi va vazifasi bor. Biri aholining himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘lsa, ikkinchisi – bo‘lajak huquqshunoslarga amaliy tajriba maktabi vazifasini bajarishdir.

    Foto: “Sof.uz”

    Foto: “Sof.uz”

    Quyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalari Jahongir Azatov va Feruza Abdullayevalarning JIDU qoshida tashkil etilgan yuridik klinika faoliyati haqidagi maqolasi e’tiboringizga havola etiladi.

    Yurtimizda hali bepul huquqiy yordam tushunchasi ma’lum bo‘lmagan bir vaqtda, ushbu sohaning ilk vakili sifatida JIDU qoshida ish yurita boshladi (ochig‘ini aytganda, mamlakatimizdagi klinikalarning umumiy soni barmoq bilan sanarli). MDH davlatlari uchun Fuqarolik kodeksi modeli ishlab chiqishda shaxsan qatnashgan Ziyodulla Ubaydullaev, Fuqarolik hamda Oila huquqi sohasida 35 yillik tajribaga ega, yuridik fanlar nomzodi, Irina Cherkashina, 35 yillik tajribaga ega advokat Galina Mayorovalar ushbu klinikaning asoschilari hisoblanishadi. Hozirgi kungacha, klinikada 2250 ta “ish”(murojaatnoma) ko‘rib chiqilib, 406 nafar klinitsist-talaba tayyorlagan. Birinchi ish boshlagan vaqtlarda, klinikada 12 nafar talabaga 8 nafar murabbiy biriktirilgan edi. Klinika ehtiyojlari va talabalarning soni ortishi bilan, klinikaga universitet binolaridan birining yaxlit bir qismi ajratib berildi.

    Yuridik klinikaning ahamiyati va zaruriyati nimada?

    Birinchidan, YK professional advokatlarni yollay olmaydigan fuqarolarga bepul huquqiy yordam beradi. Bir qator davlatlarda, YKlar davlatning adolatli ijtimoiy siyosat yuritishidagi asosiy qurollardan biri bo‘lib xizmat qiladi, ularda amaliyot o‘tayotgan talabalar o‘z mijozlari huquq va istaklarini, hattoki sudlarda ham himoya qilish huquqiga ega. Bizda esa, 2009-yildan boshlab bunaqangi imkoniyat haqida faqat orzu qilish mumkin. Vaholanki, adolatli ijtimoiy siyosat bosh Qomusimizning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Ushbu tamoyil bizni yurtimizda ham to‘la-to‘kis amalga oshirilishini juda-juda xohlardik. Avvalo, fuqarolik protsessual kodeksida ko‘rsatilgan sud ishtirokchilaridan tashqari, sud jarayonida boshqa shaxslarga tomonlarning birini huquqini himoya qilishga ruxsat berish bilan hurmatli sudyalar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bu sud jarayonlarini yanada ochiq o‘tkazilishida, adolat qaror topishida ko‘mak bo‘ladi degan fikrdamiz. Yana shuni qo‘shimcha qilish joizki, ushbu hodisa huquq fakultetida tahsil olayotgan talablarga sud jarayonlarida shaxsan qatnashib, bo‘lajak huquqshunos (advokat, prokuror, sudya) uchun kerak bo‘ladigan barcha bilim va ko‘nikmalarni egallashda katta yordam ko‘rsatadi. Sudga murojaat qilib advokatga yetarli mablag‘i bo‘lmagan fuqoralar uchun esa bu ham huquqiy, ham psixologik yordam bo‘la oladi.

    Ikkinchidan, aytib o‘tilganidek, YK talabalar uchun yaxshi ko‘nikma maktabi bo‘ladi, chunki o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘quvchi hech qanday amaliy tajribalarga ega bo‘lmaydi, faqat nazariy bilimlarni egallaydi. Shundan kelib chiqadiki, YKning asosiy maqsadi “boshsiz chavandozlarni” tarbiyalashdan voz kechib, haqiqiy professional ham nazariy, ham amaliy ko‘nikmalarni egallagan ilg‘or yetakchi mutaxassislarni tayyorlashdir. “Nazariya – hamma narsa ma’lum, lekin hech narsa ishlamaydi. Amaliyot – qachonki hamma narsa ishlaydi, lekin nima uchun va qanday qilib ishlayotgani ma’lum emas. Biz esa, amaliyot va nazariyani birlashtirdik: hamma narsa ma’lum, shuningdek, qanday qilib va nima uchun ishlayotganini ham bilamiz” – deb ta’kidlaydi I.Cherkashina.

    Hozirgi vaqtga kelib yuzlab odamga yordam ko’rsatgan YKning moliyalashtirish qanday amalga oshgan?

    YKni moliyalashtirilishi va ish boshlashi, keyinchalik ish olib borishi uchun bir nechta dunyoga mashhur tashkilotlar o‘z hissalarini qo‘shgan. Bular: - ABA (American Barrister Association – 1998—99-yillarda YKdagi rahbar-mutaxassislar uchun talabalarga qanday uslubda trening o‘tkazishni o‘rgatishgan) Klinikaning ekologik huquq bo‘limini moliyalashtirgan;

    - Soros fondi (2000—2003). Ushbu tashkilot klinikaga asos solish, keyinchalik samarali ish olib borishini ta’minlash uchun asosiy moliya zaxirasi bo‘lgan;

    - ProBMT (Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlanish dasturi – 2006—2009).

    Milliy tashkilotlar tomonidan olinadigan mablag‘ bo‘yicha bir qancha muammolar bor. Bular taqdim qilinadigan vositalarning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, bu klinikaning o‘z maqsad va vazifalarini sifatli bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘p sonli hisobotlar va yana yuridik klinikaning shaxsiy hisobiga ega emasligi (chunki yuridik klinika universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi). Hattoki universitet ham o‘z internet-saytida qo‘ygan balandparvoz g‘oyalar va maqolalarga qaramasdan, ayni paytda, keraklicha e’tibor qaratmayapti.

    Hozirda (klinika joylashgan binoning tuman hokimligi tasarrufiga o‘tishi oqibatida) klinika uchun atigi 3 ta xona ajratilgan. Bular:

    • Klinikaga asos solingan davrda qo‘lga kiritilgan eng zamonaviy sud zali (bu sud zaliga o‘xshaganini, hozirda, ko‘pchilik sudlarimizda ham uchratmaymiz;
    • 3 murabbiy bitta xonada ish yuritishiga majbur bo‘lmoqda. Lekin aynan mana shu xonada 3000 ta kitob jamlangan yuridik kutubxona mavjud;
    • Talabalar ish olib borishlari hamda kerakli ma’lumotni izlab topishlari uchun ajratilgan xona.
    Klinikaning asoschilari o‘z mablag‘laridan plastik oynalar yordamida dahlizning bir bo‘lagini ajratib, fuqarolarni qabul qilish xonasi qilib qo‘ygan. Bo‘lajak klinitsist-talabalarga trening o‘tkazish uchun esa universitet tomonidan yani bitta maruza xonasi ajratilgan, lekin ish treninglar kechki payt o‘tkazilishi sababli, ushbu xona yorug‘ bo‘lmaydi va bu holat treninglarni o‘tkazish uchun qiyinchilik tug‘dirgan. Klinikadagi bor barcha mebel jihozlari, ishlash uchun zarur bo‘ladigan texnika (kompyuter, printerlar va h.k.) ta’mirtalab bo‘lib, o‘zlarining ham moddiy, ham ma’naviy bahosini allaqachon yo‘qotgan.

    Agarda ushbu klinikaning talabalar hamda universitet nufuzini yaxshilash uchun xizmat qilayotganini inobatga olsak, bu o‘tkazilishi kerak bo‘lgan rekonstruksiya ishlarini ushbu oliy o‘quv yurti bajarsa ayni muddao bo‘lar edi.

    Shunisi ko‘zni quvontiradiki, ushbu katta-kichik xonalarni 65 taga (50 ta surat va 15 ta haykalchalar) yaqin san’at asarlari bezab turadi. Aytib o‘tilgan yutuqlar va erishilgan marralarning barchasi, shu uch nafar matonatli, o‘z kasbi uchun borini beradigan insonlarning mehnati, sabri ila erishildi. Ushbu insonlar 2000-yildan beri kelajak avlodga katta ma’naviy meros, bilim va ko‘nikmalarni yetkazish uchun mehnat qilib kelmoqda.

    Boshqa klinikalardan ajralib turadigan jihati

    Ko‘rsatilayotgan yordam va ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida YK faoliyati davomida 10 ta yozgi va 1 ta qishki maktablar tashkil qilgan. (maktablarga sinov asosida Respublikadagi barcha yuridik fakultetlardan talabalar qabul qilingan). Murabbiylar sifatida sudya, advokat va prokurorlar ushbu maktablarga o‘z bilim va salohiyatlarini talabalar bilan o‘rtoqlashish uchun jalb etilgan.

    Keyinchalik, chet davlatda ish yuritayotgan yetakchi yuridik klinikalar ish olib borish uslubini o‘rganish maqsadida Polsha, Rossiya, Chexiya, AQSh, Janubiy Afrika va boshqa davlatlarga sayohatlar uyushtirilgan.

    Yuridik klinikaning faol ishtirokida O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlaridagi yuridik fakultetlar qatnashgan 3 ta konkurs tashkil etilgan. Konkurslar “o‘yin sud” jarayonlari sifatida o‘tkazilgan. Ularda qatnashchilar o‘z huquqiy savodxonligi va normativ huquqiy hujjatlar bilan ishlash malakasini ko‘rsatishi lozim bo‘lgan.

    “Ushbu klinika nafaqat amaliy ko‘nikmalar maktabi, balki insonning shaxs sifatida kamolotga yetishida katta o‘rin tutadi. Murabbiyalarim tufayli, men bu yerda o‘zimni erkin va qulay his qilaman. Shaxsan men murabbiylarimdan juda minnatdorman. Bu ajoyib, samimiy, mehnatkash insonlar, o‘z kasbining ustalari va eng asosiysi, men uchun, tajribali murabbiylardir” – deb minnatdochiligini bildiradi YK talabalaridan biri.

    Endilikda ahvol qanqay tus olgan?

    • 2009-yildan boshlab YKni xalqaro tashkilotlar tomonidan kerakli mablag‘ bilan ta’minlanishi to‘xtatildi. Endilikda, ahvol shu darajaga yetib keldiki, YKning kundalik xarajatlari uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni uchala asoschi o‘zining shaxsiy mablag‘lari yordamida qoplamoqda;
    • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar sabab YKning faoliyati qisman cheklab qo‘yildi (ya’ni, ushbu o‘zgarishdan boshlab talaba-klinitsistlarga o‘z mijozlari huquqlarini sud jarayonlarida himoya qilishi cheklandi);
    • 2011-yildan boshlab yozgi va qishgi maktablar faoliyati tugatildi;
    • Murabbiylar soni ham sezilarli darajada kamaydi, buning aksi o‘laroq, YK talabalari soni ko‘paydi (hozirgi kunda murabbiylik vazifasini ishni boshlagan 3 ta mutaxassis bajarmoqda, talabalar soni esa 50 ga yaqin);
    • YKning ko‘chishi oqibatida unga ajratilgan xonalar soni qisqardi.
    Ammo bir o‘ylab ko‘raylik, bunga o‘xshash tashkilotlar, birinchi navbatda, davlatimiz olib borayotgan adolatli ijtimoiy siyosatiga yordam beradi, aholining huquqiy savodxonligini va huquqiy madaniyatini ko‘taradi. Bundan tashqari, bo‘lajak kadrlarni raqobatbardosh va yetuk salohiyatli qilib tarbiyalaydi, ularda kerakli ko‘nikmalarni shakllantiradi.

    Shunday ekan, davlatimiz bu kabi klinikalarga ko‘proq e’tibor qaratib qo‘llab-quvatlashi kerak emasmi? Axir, bularning barchasi xalqimizni qo‘llab-quvatlash va yurtimizga xizmat qilish uchun emasmi? Hukumatimizdan tashqari, nodavlat-notijorat tashkilotlar ham ko‘zlarini kattaroq ochib, xalqimiz farovonligi, yurtimiz istiqboli uchun chin ko‘ngildan mehnat qilishsa, barchamizga yaxshi bo‘lardi. Bir qancha manbalarga asoslanadigan bo‘lsak, yuritmizda NNTlarning soni 8600 dan ziyod, lekin ularni aynan nima bilan band ekanligi va ulardan qanday foyda kelishini juda kam odam biladi. Ammo, bu endi boshqa mavzu!

    10.04.2018, 13:31   Izoh (0)   19581
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston shaharlarida tezlik 60 km/soatgacha pasaytirilishi mumkin

    10.04.2018, 13:20

    O‘zbekistonda 2017-yilda sudlar tomonidan 262 kishi oqlandi

    10.04.2018, 12:13

    Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida “Obod qishloq” barpo etilmoqda (foto)

    10.04.2018, 12:03

    O‘zbekistonda birinchi chorakda aholi soni 107 ming kishiga ko‘paydi

    10.04.2018, 11:28

    Xalqaro press-klub tashabbusi bilan Qashqadaryodagi Varganza qishlog‘ida kutubxona tashkil etildi

    10.04.2018, 10:45

    O‘zbekistonda qarzdorligi bo‘lgan shaxslarning chet elga chiqishi cheklanishi mumkin

    10.04.2018, 10:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 15:26

    Kolumbiya prezidentligiga nomzodga suiqasd uyushtirildi

    Dunyo | 8 iyun, 14:25

    Lamin Yamal: “Ronaldu — afsona, lekin mening vazifam g‘alaba qozonish”

    Sport | 8 iyun, 14:05

    “Ozodlikka qorong‘i yo‘l orqali” — avval qizil armiyada, so‘ng Turkiston legioni va AQSH razvedkasida ishlagan o‘zbek o‘g‘loni haqida

    O‘zbekiston | 8 iyun, 13:30

    Yopiq liboslar ajoyib yechim: Sanepidqo‘m jaziramada kiyinish bo‘yicha tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 12:55

    Tramp Los Anjelesdagi namoyishlarni to‘xtatish uchun Milliy gvardiya askarlarini yubordi

    Dunyo | 8 iyun, 12:25

    Qozog‘iston terma jamoasi ustozi: “O‘zbekistonni mundial bilan tabriklaymiz, lekin UEFA boshqa daraja”

    Sport | 8 iyun, 12:08

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika bog‘lari barpo etiladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 11:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.