1-maydan boshlab O‘zbekistonda energetika resurslari, suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari, shuningdek, ijro hujjatlari bo’yicha qarzdorlarning umumiy ma’lumotlar bazasi joriy etiladi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Kuzgacha Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzlarni musodara qilish bo‘yicha yagona idoralararo hamkorlik tizimini ishga tushirishi kerak.
Ma’lumotlar bazasiga kiritilgan qarzdorlar — jismoniy va yuridik shaxslar yirik oldi-sotdilarni amalga oshira olmaydi, moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari, shuningdek, davlat xizmatlarining muayyan turlaridan foydalana olmaydi.
Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida ma’lumotlar bazasiga kimlarni kiritish va ularni qanday xizmatlardan vaqtinchalik mahrum qilish rejalashtirilayotganini ko‘rish mumkin.
Bazaga energetika resurslari, suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari, shuningdek, ijro hujjatlari bo’yicha jismoniy shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 2 barobari, yuridik shaxslar uchun — 5 barobaridan ortiq qarzdorligi bo‘lgan qarzdorlarni kiritish ko‘zda tutilmoqda.
Yirik oldi-sotdi deganda notarial tasdiqlanishni va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishni talab etadigan oldi-sotdilar nazarda tutiladi.
Qarzdorligi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga bank xizmatlari, sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishini, shuningdek, xalqaro yo‘lovchi transportida O‘zbekiston chegarasidan tashqariga chiqishni taqiqlash taklif etilmoqda.
Shuningdek, qarzdorlar davlat xizmatlari markazlarida davlat xizmatlaridan foydalana olmaydi.
Izoh (0)