• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nima qurishni kim hal qiladi? Avtomobilchilar muammolari yoki Toshkentda ko‘p qavatli parkinglar

    “Kommersant.uz” nashri “Nima qurishni kim hal qiladi? Avtomobilchilar muammolari yoki Toshkentda ko‘p qavatli parkinglar” sarlavhali maqola chop etdi. Unda iqtisodchilar Behzod Hoshimov va Nuriddin Ikromov shahardagi avtoturargohlar borasida yuzaga kelgan vaziyatni tahlil etadi va rostmana parkinglarni hali uzoq kutish kerakligi sababini tushuntiradi.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Yaqinda “Kommersant.uz”da “Og‘riqli savol: Toshkentda qachon ko‘p qavatli parkinglar quriladi?” degan yangilik chop etildi. Unda poytaxtda, jumladan savdo markazlari oldida mashina qo‘yishga joy tanqisligi, ko‘chalarning tirbandligi haqida so‘z borgandi. Maqolada bir qarashda tabiiy ko‘ringan yechim – ko‘p qavatli parkinglar qurish taklif etilardi.

    Toshkentda haqiqatan parking  muammo ekanligiga qo‘shilamiz, lekin bu tezda ko‘p qavatli parkinglar qurish lozimligini anglatmasligini ko‘rsatib bermoqchimiz. Aslida Toshkentda ko‘p qavatli parkinglar yo‘qligining asosiy sababi – yerning nisbatan arzonligidir. Agar yer yaxshigina qimmat bo‘lganda, hokimiyatning aralashuvisiz ham anchagina ko‘p qavatli parkinglarga ega bo‘lardik.

    Yer narxi parkingga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    Bu fikrni iqtisodiyotdagi “ishlab chiqarish omillarining o‘zaro almashina olishi” tushunchasi bilan tushuntirish mumkin. Har qanday tovar – iqtisodiy tilda omillar deb atalmish bir necha resurslar kombinatsiyasining mahsuli sanaladi. Mehnat, kapital va yer – bu uchta asosiy omil; ba’zida bu ro‘yxatga tadbirkorlik qobiliyati ham kiritiladi. Muayyan miqdorda tovar ishlab chiqarish uchun omillarning turli kombinatsiyalarini qo‘llash mumkin, chunki ular o‘zaro almashinuvchandir. Ishlab chiqarishning eng sodda retsepti mana bunday: omillar nisbiy qiymati o‘zgarishidan qat’iy nazar, ularni qat’iy belgilangan proporsiyalarda ishlatish. Tabiiyki, iqtisodiy jihatdan bu o‘zini oqlamaydi. Samaradorlik ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirishni talab qiladi: bir omilning nisbiy qiymati ortsa, u arzonrog‘i bilan almashtiriladi.

    Masalan, qoidaga ko‘ra, palov tayyorlashda go‘sht va guruch nisbati 1:1 olinadi. Agar mol go‘shti narxi oshsa, kamroq solinadi yoki, umuman, tovuq go‘shti yo tuxumga almashtiriladi. Omillarning o‘zaro almashinuvini har yerda ko‘rsa bo‘ladi. Chunonchi, don mehnat va kapital uyg‘unligida o‘riladi. Xarajatlarni minimallashtirish uchun zarur omillarning optimal proporsiyasi ularning har birining nisbiy qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Deylik, 10 000 tonna don o‘rib olishimiz kerak. Agar o‘rim kombaynlari (kapital)ni ishlatishning nisbiy qiymati qo‘lda o‘rish (mehnat) qiymatidan kam bo‘lsa, texnikaga tayanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol uchun: bitta kombaynni ishlatish va sotib olish xarajatlari, aytaylik, 40 nafar o‘rimchining yillik maoshiga teng bo‘lsa, tabiiyki, ikkita kombayn va bir nechta ishchilar ishlatish foydali bo‘ladi. Aksincha, bitta kombayn 1000 nafar ishchi mehnatiga teng bo‘lsa, kombaynni xarid qilish o‘zini oqlamaydi va yig‘im-terim ishlari qo‘lda amalga oshiriladi.

    Parking qurish ham mustasno emas. Yer nisbatan arzon bo‘lib, kapital (mashina, maxsus texnika) qimmat bo‘lganda, o‘z-o‘zidan, ko‘p qavatli parkinglar qurilishi maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Buning aksi – yer kapitalga qaraganda nisbatan qimmat bo‘lsa, ko‘p qavatli parkinglar bunyod etishga pul tiksa arziydi, buni Nyu-Yorkdagi g‘aroyib parkingda ham ko‘rsa bo‘ladi.

    Ko‘p qavatli parkinglar qurish – serxarajat ish. AQShda ko‘p qavatli parkinglar barpo etishga sarflanadigan qurilish xarajatlari bitta mashina-joy uchun $24 000 ga aylanadi. Agar parking yer ostida bo‘lsa, xarajatlar $40 000 gacha yetadi. Qiyoslash uchun: yur yuzasidagi mashina-joy atigi $1 200 ga tushadi. Ta’kidlab aytamiz – bu summaga yer narxi kiritilmagan. Shu sababli ko‘p qavatli parkinglar yer narxi juda baland bo‘lgan hududlarda quriladi. Shahar ichida qurish xarajatlari bir xil bo‘ladi, ya’ni kapital narxi joyga bog‘liq emas. Lekin yerning qiymati joyiga qarab katta farq qiladi. Yer va kapital qiymatlari o‘rtasidagi nisbat qimmatbaho va markaziy tumanlarda yuqoriroq, demak, Toshkentda ham shunday parkinglar quriladigan bo‘lsa ham, ularni mana shu nisbatan eng  qimmat bo‘lgan nuqtalarda barpo etish lozim bo‘ladi.

    Nazariya amaliyotga to‘g‘ri keladimi?

    Biz yashaydigan shahar – Medisondagi Viskonsin universitetining o‘zida 17 ta ko‘p qavatli parkinglar mavjud. Universitet parkinglaridan tashqari, bu yerda yana o‘nlab xususiy parkinglar va shahar hokimligiga qarashli beshta avtoturargoh mavjud. E’tiborli jihati shundaki, ko‘p qavatli parkinglar joylashuvining zichligi yer narxiga bevosita bog‘liq. Ya’ni, ishlab chiqarish omillari nazariyasiga muvofiq, shahar markazida ko‘p qavatli parkinglar zichligi boshqa joylardagidan ancha katta.

    Pirovardida, aholisi 500 ming kishi bo‘lgan Medisonda o‘nlab yirik ko‘p qavatli parkinglar bo‘lgani holda, aholisi 3 mln.dan ortgan Toshkentda ular bir nechtagina. Tushunamizki, bu holat Toshkentda va Medisonda ishlab chiqarish omillari narxlarining nisbati jiddiy farq qilishiga bog‘liq.

    Agar Toshkentda ham qurilish omillari narxi Medisondagidek bo‘lganda, parkingga hozirgi talabdan kelib chiqib, Toshkentda yuzlab ko‘p qavatli parkinglar qurilgan bo‘lardi. Albatta, bu yerda gap mutlaq emas, balki nisbiy narxlar haqida bormoqda. Toshkentning ba’zi joylarida yer nihoyatda qimmat. Lekin u kapital (qurilish mollari, qurilish texnikasi)dan nisbatan arzon bo‘lgani bois, yaqin kelajakda parkinglar qurishning foyda keltirishi ehtimoldan yiroq. Xuddi shunday, yer narxi yetarlicha ko‘tarilmaguncha yoki kapital yetarli darajada arzonlashmagunicha, buni davlatdan kutish va budjet mablag‘larini jalb qilishdan ma’no chiqmaydi.

    Narx – eng adolatli taqsimlovchi

    Parking masalasi iqtisodiyotdagi boshqa juda muhim tushunchani bo‘rttirib ko‘rsatadi, u ham bo‘lsa, resurslar taqsimotida narxning o‘rni. Iqtisodiyotda narxning ahamiyatni tushunish bu ilmdagi deyarli barcha masalalar yechimiga kalit topish degani, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ilm sifatida iqtisodiyotning asosiy vazifasi – bu insonlarning cheksiz ehtiyojlarida cheklangan resurslar taqsimotini o‘rganishdir.

    Jamiyat uchun nima qadrliroq ekanini qanday aniqlash mumkin? Nimani qurish kerak? Pulni nimaga tikish lozim? Tovar yoki xizmatning qadri odamlar bu tovarni qanchalik xohlashlari bilan o‘lchanadi. Agar u orziqib kutilgan bo‘lsa, odamlar uning uchun haq to‘lashga tayyor ekanliklari orqali buni namoyon etadilar va bu tovar narxi o‘sadi. Jamoatchilik nuqtai nazaridan juda qimmatli sanaluvchi ob’ektni barpo etish uchun har bir inson ushbu binoni qanchalik yuqori baholashini o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi. Albatta, bu mashg‘ulot qator sabablarga ko‘ra bema’nilik bo‘lardi va bunday hollarda eng yaxshi hakam – bozor narxi.

    Aytaylik, Toshkentda ko‘p qavatli parking allaqachon qurilgan. U jamiyatga juda katta foyda keltirishini qanday kafolatlash mumkin? Jamiyat uchun foydalilik muayyan tovar kimga zarur bo‘lsa, o‘sha uning egasi bo‘lishida ko‘rinadi. Lekin kim mashinasini qo‘yishi mumkin, kim qo‘ymasligi kerakligini qanday aniqlash mumkin? Kiraverishda so‘rov o‘tkazib, har bir odamdan mashinasini nega qo‘yayotganligini so‘rash, ularning ehtiyojlari va ishlarining tez bitishiga qarab joylarni taqsimlash mumkin. Yangi ishda suhbatdan o‘tishi kerak bo‘lgan, qarindoshi operatsiya qilinayotgan, to‘yga shoshayotgan, shu yerdagi qahvaxonaga gurunglashgani keladigan odamlarga ustuvorlik berilishi sog‘lom aqlga to‘g‘ri keladi. Mana shunday, ehtiyojga qarab mashinani qoldirish mumkin bo‘lgan parking bo‘lsa, ajoyib bo‘lardi, qolaversa, bu – adolatli yechim. Lekin inson nega mashinasini qo‘yayotganligining “haqiqiy” sababini aslo bilib bo‘lmaydi. Eng zo‘r “aldov detektori”ni ishlatganimizda ham, jamiyat uchun kirish imtihoni yoki yangi ishga joylashish uchun suhbatdan qay biri muhimroq ekanini qanday bilamiz? Balki hamkasblar yig‘ini yoki uzoq yillardan beri birinchi bor ko‘rishib turgan qarindoshlar uchrashuvi muhimroqdir? Bunday masalalarga yechim topib bo‘lmaydi. Shu sababli tovarning narxi – eng yaxshi va amalda har qanday vaziyatda eng adolatli hakam sanaladi.

    To‘lashga tayyorlik (willingness-to-pay) inson u yoki bu mahsulotni qanchalik qadrlashiga bog‘liq bo‘ladi. Sizning pul to‘lashga tayyorligingiz tovarning narxidan ustun kelsagina siz tovar iste’molchisiga aylanasiz. Tovar narxi unga eng muhtoj insonga uni olish imkonini beradi.

    Narx haddan tashqari yuqori bo‘lsa-chi? Bizning parkingimiz misolida, kun bo‘yi qahvaxonada o‘tirishni rejalashtirgan talabalar taksida kelishlari yoki mashinalarini arzonroq joyga qo‘yishlari mumkin, uchrashuvga shoshayotgan tadbirkor esa, parking uchun kattaroq summani ham jon deb to‘laydi. Ya’ni mashina uchun joyni ko‘proq qadrlaydigan odam unga ega bo‘ladi – mana shu jamoatchilik nuqtai nazaridan eng manfaatli yechim. Eng manfaatli taqsimotga erishish uchun folbin bo‘lish yoki aldov detektorini ishlatish kerak emas, balki “narx” atalmish taqsimot mexanizmiga tayanilsa, bas.

    Nimani va qancha qurish kerak ekanligini bozor belgilaydigan bo‘lsa, natijasi optimal taqsimot bo‘ladi. Lekin bozor mexanizmlariga munitsipalitet aralashishga urinsa – resurslar noto‘g‘ri taqsimlanadi, samaradorlik yo‘qoladi. Muammo, albatta, mahalliy hokimiyatlarda yoki ularning bilimsizliklarida emas: bozor hozircha ko‘p qavatli parkinglar qurilishini maqsadga muvofiq deb hisoblamayotgan ekan, bu jamoatchilik nuqtai nazaridan ham maqsadga muvofiq kelmaydi.

    Ko‘p qavatli parkinglar – bu alohida olingan shaharlargagina xos texnologik mo‘‘jiza emas, balki cheklangan resurslarning oqilona taqsimoti, xolos. U, narxlarning bozorga muvofiq belgilanishida, kutilgan natijalarga olib keladi.

    Parkingga talab va taklif

    Xulosalab aytish mumkinki, ko‘p qavatli parkinglar qurilishi yer sezilarli darajada qimmatlashganda foydali ishga aylanadi. Xuddi shundek, kapital arzonlashganda ham parkinglar soni ortadi.

    Investitsiyalar uchun mablag‘lar – cheklangan resurs va ular eng samarali usulda ishlatilishi lozim. Investitsiyalar (xususiy kapital)dan parkinglar qurilishida emas, boshqa sohalarda foydalanilayotgani bu ishga pul tikish hozircha unchalik daromadli emasligini ko‘rsatadi. So‘zimiz boshida aytganimiz yangilikda bir narsaga urg‘u beriladi: “Keyingi qadam ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun investitsiyalar jalb qilish bo‘ladi”. Ko‘p qavatli parkinglarning qurilishi hozircha investorlarda qiziqish uyg‘otmayotganligi bugungi kunda bozor shartlari asosida, ya’ni subsidiyalar yoki preferensiyalarsiz, bu soaga sarmoyadorlarni jalb qilib bo‘lmasligini anglatadi. Budjet mablag‘ini xususiy parking quruvchilariga subsidiyalarga sarflash esa, maqsadga muvofiq emas.

    Shu paytgacha biz parkinglar bo‘yicha takliflar haqida so‘z yuritdik, xudi shuningdek, ularga bo‘lgan talab borasida ham so‘zlash mumkin. Agar markaziy ko‘chalarda va shahar mavzelarida hali ham to‘lovsiz mashinani qoldirish mumkin bo‘lsa, odamlar mashinani alohida ajratilgan joyga olib borishlaridan umid qilmasa ham bo‘ladi. Hukumat chora-tadbirlari nuqtai nazaridan, mahalliy hokimiyat mana shu muammoga e’tibor qaratgani yaxshiroq.

    Shaharda parking narxlari yetarlicha qimmat bo‘lganda, ko‘p qavatli va zamonaviy parkinglar yuzaga kelishini kutish mumkin. Parkingni pullik qilib va huquqbuzarlarni qattiq jazolash orqali, avtomobil uchun turargohlar yetishmasligi muammosini hal etsa bo‘ladi. Lekin parkingdan tushgan daromadni piyodalar uchun infratuzilmaga: trotuarlar va jamoat transporti sifatini yaxshilashga ishlatish lozim.

    Har bir avtohavaskor qaysidir darajada nafaqat boshqa avtohavaskorlarga (tirbandlik, parking), balki piyodalarga ham noqulaylik tug‘diradi. Har bir qo‘shimcha avtomobil atrof-muhitni ifloslantiradi, shaharda harakatlanishni noqulay qiladi, avariyalar ehtimolini oshiradi. Eng asosiysi – avtohavaskorlar sababli yuzaga keladigan barcha salbiy oqibatlar shahar aholisi zimmasiga tushadi. Bularning bari bepul bo‘lsa, iqtisodiy nuqtai nazardan samarasizdir:  avtomobil haydashdan foyda faqat haydovchigayu, ko‘chalarning tirbandligi, havoning ifloslanishi kabi zararlar har bir aholining zimmasiga tushsa! Demak, avtomobil egalari boshqa aholining zararlarini qoplashlari kerak.

    Benzin solig‘i – mana shunday kompensatsiyalardan biri. Pullik parking keyingi usul bo‘lishi lozim. Agar olingan mablag‘larni shahar infratuzilmasiga to‘g‘ri taqsimlashning uddasidan chiqilsa, barcha foydada bo‘ladi: tirbandliklardan qutulgan va mashina qo‘yishga joyni oson topa oladigan avtohavaskorlar ham, sifatliroq jamoat transporti, atvomobillarsiz makon va toza havoga ega bo‘ladigan yo‘lovchilar ham.

    Bularning bari hokimiyat tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilishini talab qiladi. Budjet va kadrlar chegaralanganligi sharoitida mahalliy hokimiyat e’tiborini muammoning asoratini emas, tub sabablarini hal etishga qaratish lozim.

    10.04.2018, 09:31   Izoh (0)   22390
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi “Markaziy Osiyo, Kavkaz va Rossiya mintaqasidagi eng yaxshi investitsion loyiha” yo‘nalishida mukofotni qo‘lg...

    10.04.2018, 09:11

    O‘zbekistonda Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosarlari tayinlandi

    10.04.2018, 08:56

    Hokimlik Samarqand Darvoza yaqinidagi chuqurni tekisladi: o‘pirilib tushgan asfalt bu yerga o‘tgan yili yotqizilgan

    10.04.2018, 08:50

    Narkotik saqlaganlikda ayblangan Toshkent viloyat IIB sobiq xodimi 6 yildan so‘ng oqlandi

    10.04.2018, 08:11

    O‘zbekistonda 7 yil mobaynida ajrimlar soni 1,7 martaga ortdi

    10.04.2018, 07:48

    Rossiyadagi YTHda halok bo‘lganlarning jasadi Jizzaxga olib kelindi (video)

    10.04.2018, 07:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron MAGATE rahbari uchun yadroviy obyektlarga kirishni yopdi

    Dunyo | 29 iyun, 22:00

    Roberto Badjoning noaniq zarbasi, Messi va Suaresning kutilmagan yurishi. Futboldagi penalti qoidasi haqida

    Futbol | 29 iyun, 21:42

    “Komadagi Oliy Majlisni tiriltirish kerak” — Hamid Sodiq davlatning tashqi bosimlarga dosh berishida parlament o‘rni muhimligini aytdi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 21:25

    Superliga. “Bunyodkor” dramatik o‘yinda “So‘g‘diyona” ustidan g‘alaba qozondi

    Sport | 29 iyun, 21:17

    Buyuk Britaniya portida 2,4 tonna kokain aniqlandi

    Dunyo | 29 iyun, 20:35

    Tanzaniyada avtobuslar yonib ketishi sabab 38 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 29 iyun, 19:40

    “Real” rahbariyati Vinisusning g‘alati harakatlari yuzasidan izoh so‘radi

    Sport | 29 iyun, 19:30

    Telegram’da faktlarni tekshirish funksiyasi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 29 iyun, 19:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.