O‘zbekiston Tojikistonga gaz yetkazib berishni boshladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Gaz “Muzrobod—Dushanbe” magistral gaz o‘tkazgichining ikki tarmog‘i orqali yetkazib berilmoqda. Uning o‘tkazish imkoniyati soatiga 125 ming kubometrni tashkil etadi. Bu bilan Tojikistonning Tursunzoda tumani ehtiyoji to‘liq ta’minlanadi ( u yerda Tojik alyumin kompaniyasi — TALKO joylashgan).
Tojikistonga tabiiy gaz eksporti bo‘yicha kelishuv O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qo‘shni davlatga joriy yil mart oyida amalga oshirgan tashrifi davomida imzolangandi.
Shartnomada 2018-yili umumiy summasi 15,1 million dollar bo‘lgan 126 million kubometr gaz yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)