O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxati quyidagi tartibda shakllantiriladi:
Uyma-uy yurish chog‘ida;
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan axborot asosida;
Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxs mustaqil ravishda murojaat etganda.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda uyma-uy yurish chog‘ida to‘plangan axborotga asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlab, ularning ro‘yxatini tuzadi.
Tuman (shahar) hokimligi taqdim etilgan ro‘yxatni 5 ish kuni mobaynida tasdiqlaydi va ro‘yxat asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi bo‘yicha reyestr tuzib, 3 ish kuni mobaynida tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga va moliya bo‘limiga ijro etish uchun yuboradi.
Izoh (0)