4-aprel kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga fuqaro Z.M qo‘ng‘iroq qilib, chuqur qaziyotgan turmush o‘rtog‘ini tuproq bosib qolganligini aytib, uni chuqurdan chiqarishda yordam berishni so‘rab murojaat qildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Qutqaruv otryadi zudlik bilan voqea joyiga etib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida jabrlanuvchini chuqurdagi tuproq ostidan eson-omon chiqarib olib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi.
Hozirgi vaqtda fuqaro T.M. o‘z uyida, uning ahvoli qoniqarli, deyiladi xabarda.
Izoh (0)