• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ismoil Muhammad Sodiq: Qur’oni bor xonadonda tarbiyalangan farzandlar diniga, yurtiga, millatiga sodiq vatanparvar bo‘lib kamol topadi

    28-mart kuni “Hilol nashr” matbaa-nashriyoti tomonidan chop etilgan Mus’hafi sharif kitobxonlarga taqdim etildi. Bu haqda noshir Ismoil Muhammad Sodiq “Xalq so‘zi” nashriga quyidagilarni ma’lum qildi.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Alloh taoloning muborak, barchani ojiz qoldiruvchi tengsiz kalomi — Mus’hafi sharif O‘zbekistonda nashrdan chiqishi sharafli voqeadir. Kuni kecha nashriyotimizning barcha do‘konlari orqali bir xil narxda xalqimizga yetkazilishiga muvaffaq bo‘lindi.

    Avvalambor, bu xayrli niyatning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlagan rahbarlarimiz, unga o‘z hissasini qo‘shgan azizlarimiz, vatandoshlarimizni muborakbod etamiz. Qalbi Qur’onga oshno xalqimiz yangi nashr etilgan Mus’hafni shod-xurramlik, xursandchilik va sevinch ko‘z yoshlari bilan kutib oldi. Bu yorqin hodisa mamlakatning deyarli barcha ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

    Davlat rahbarining Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning ilmiy merosini o‘rganish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, dinimizning sofligini asrash borasidagi ezgu tashabbuslari, el-yurtning dardiga malham bo‘lish, har bir fuqaroning mushkulini oson qilishdek ulug‘ ishga bel bog‘laganlari har birimizga ulkan rizolik, minnatdorlik baxsh etdi.

    Bugungi kunda ushalgan qalb orzularimizdan biri Qur’on musobaqasi bo‘lsa, biri ushbu Mus’hafi sharifning chop qilinishidir. Mus’hafi sharifni nashr etish nashriyotimizga asos solgan ustozimiz, padari buzrukvorimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ko‘p yillik sa’y-harakatlari, xolis duolari in’ikosi, desak, mubolag‘a emas. Ustozimiz ko‘plab kitobxonlarimizning talab va istaklarini inobatga olib, yurtimizda Mus’haf chop etishni ham yo‘lga qo‘yishga astoydil harakat qilgan, buning uchun matbaa-nashriyotimizning zarur moddiy-texnik asos hamda yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishiga intilgan edilar.

    Ana shu mehnatlar tufayli so‘nggi yillarda matbaamizda boy va noyob tajriba to‘plandi, Qur’oni Karimni qadimiy an’analarga, o‘ziga xos tartib-qoidalari va odoblariga rioya qilgan holda, ilg‘or texnologiyalar yordamida sifatli va go‘zal shaklda chop etish uchun barcha shart-sharoit yuzaga keldi. Zero, Islom ulamolari Mus’haf chop etiladigan bosmaxonaning shart-sharoiti hamda xodimlarga qo‘yiladigan talablarni ham ko‘rsatib berganlar. Jumladan, Mus’haf nashrga tayyorlanadigan xonalar, muqaddas oyati karimalar bosiladigan dastgohlarning pokizaligi va boshqa ko‘plab talablar borki, “Hilol-nashr” matbaa-nashriyotidagi shart-sharoitlar bularning barchasiga to‘la javob beradi.

    Aytish joizki, hozirgi kunda xorijdan keltirilayotgan Mus’haflarning narxi yo‘lkira, boj to‘lovlari va ustama hisobiga juda yuqorilab ketmoqda. Biz taqdim etayotgan Mus’hafning narxi esa bir necha baravar arzon. Zero, nashriyotimizda Mus’hafi sharifni chop etishdan ko‘zlangan maqsad daromad olish emas, balki xalqimizning ma’naviy ehtiyojini qondirish, diyorimizda muqaddas kitobimizni nashr qilish an’anasini tiklash, davom ettirish hamda ajru savobga erishishdir.

    Mazkur loyiha bo‘yicha dunyoda Mus’haf nashri bo‘yicha yetakchi matbaalardan hisoblangan — Misr Arab Respublikasidagi “Dorus-salom” nashriyoti bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan. “Dorus-salom” nashriyoti shundan kelib chiqib, “Hilol-nashr”ga Mus’haf chop etish uchun maxsus ijozat berdi va Qur’oni Karim nusxasi andozasini taqdim qildi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ko‘magida ushbu tabarruk loyihani bajarishga kirishdik.

    Nashriyot imkoniyatidan kelib chiqib birinchi bosqichda mazkur Mus’hafning adadi 50000 dona deb belgilandi, dastlab shu adaddan 10000 nusxa savdoga chiqarildi va 31000 so‘mdan sotildi. Inshaalloh, bundan buyon har ikki-uch oyda ana shunday adadda Mus’hafi shariflarni xalqimizga taqdim qilib borish ko‘zda tutilmoqda. Kelgusida faqat Mus’hafi sharif chop etish maqsadida alohida bosmaxona tashkil qilishni rejalashtirganmiz.

    Zero, Qur’on kirib borgan, o‘qiladigan har bir xonadonga Alloh taoloning fayz-barakoti yog‘ilib turadi. Binobarin, Alloh taoloning kalomi — Qur’oni Karimning ko‘p ming nusxada bosmadan chiqarilishi va uning samarasi o‘laroq, har bir mo‘min-musulmonning xonadonida mus’haflar ko‘z qorachig‘idek saqlanishi jonajon Vatanimiz uchun mislsiz xayr-barakadir. Qur’oni bor xonadonda tarbiyalangan farzandlar diniga, el-yurtiga, millatiga sodiq vatanparvar, chinakam avlod sifatida kamol topadi.

    Alloh taolo O‘zbekistonni Qur’on nuri bilan munavvar aylasin, bu buyuk xizmatga bel bog‘lab, xayrli ishlarga bosh-qosh bo‘layotgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni O‘zining hifzu himoyasida asrab, ko‘zlagan barcha ezgu maqsadlariga yetkazsin, niyatlarini ro‘yobga chiqarib, o‘ylaganlaridan ham ziyoda natijalarga erishtirsin.

    03.04.2018, 20:07   Izoh (0)   17965
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda uy bekasi tanishiga pichoq urib o‘ldirdi

    03.04.2018, 19:56

    O‘zbekistonga xorijdan marixuana urug‘ini yuborish surunkali tus olmoqda (video)

    03.04.2018, 19:43

    Toshkentda parkdagi sevishganlardan pul undirib yurgan soxta militsionerlar qo‘lga olindi (video)

    03.04.2018, 19:30

    O‘zbekistonda monopol mahsulotlar ro‘yxati va turlarini tubdan qisqartirish imkonini beruvchi qaror qabul qilindi

    03.04.2018, 18:52

    Qo‘qonda taxminan 3 yoshli bolakayning jasadi topildi. Hozirda uning shaxsi aniqlanmoqda

    03.04.2018, 18:38

    Navoiyda “mijozlari”dan pullarini qaytarib olmaganini da’vo qilgan sudxo‘rga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    03.04.2018, 18:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Avatar: Olov va Kul” filmi haqida nimalar ma’lum: yangi qabilalar va yulduzlar tarkibi

    Kino | 13 avgust, 17:13

    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

    Reklama | 13 avgust, 16:30

    Qibrayda daraxtlar kesildi: tuman hokimligi va Ekologiya boshqarmasi ikki xil munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 16:55

    Yerning bir qismi sovib ketmoqda. Olimlar sababini ochiqladi

    Dunyo | 13 avgust, 16:40

    Bekhem, Ouen, Bellingem va Trent Aleksander-Arnold. “Real” safida to‘p surgan angliyalik futbolchilar

    Futbol | 13 avgust, 16:37

    Kremniy vodiysi “aqlli” avlod yaratishga 50 ming dollargacha sarflamoqda — WSJ

    Dunyo | 13 avgust, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi 12 500 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.