O‘zbekiston korxonalari Moskvada bo‘lib o‘tgan “Tekstillegprom” yarmarkasida 62 million dollarlik shartnoma va kelishuvlar imzoladi. Bundan 38 million dollari tayyor mahsulotlarga to‘g‘ri keldi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
Yarmarkada O‘zbekistonning 26 ta to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari ishtirok etdi. Ular 490 kvadrat metrdan oshiq maydonni egallagan milliy ekspozitsiyada o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.
O‘zbek to‘qimachilik sanoati vakillari Rossiyaning Golfstream, “Mladensam.ru”, X5 Retail Group, “Lenta”, “Ashan”, “Magnit” va “Bolshevik" kabi yirik riteyler va savdo markazlari vakillari bilan mahsulot yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Shuningdek, “Svitanak” (Belarus), “Viva teks” (Qirg‘iziston), “Rusvata” (Rossiya) va “Shahloi Vatan” (Tojikiston) korxonalari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi asosida qo‘shma loyihalarni tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Izoh (0)