Soliq islohotlarini pensiya ta’minoti tizimini o‘zgartirmay amalga oshirish mumkin emas. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari Go‘zal Islomova ma’lum qildi, deya
xabar berdi Spot.
“Hozirgi mavjud pensiya ta’minoti tizimi o‘zini oqlamayapti. Kelgusida u ham isloh qilinishi kutilmoqda”, — dedi Go‘zal Islomova Toshkentda bo‘lib o‘tgan soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda.
Islomova xonim O‘zbekistonda pensionerlarni nafaqa bilan ta’minlash uchun ishlayotganlar davlatga soliq tariqasida to‘layotgan mablag‘ bemalol yetishini ta’kidladi.
Izoh (0)