Samarqandda yaqin orada ikki qavatli ekskursiya avtobuslari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ikki avtobusni Toshkentda 2015-yilda dabldekerlar harakatini boshlab bergan poytaxtning Aznur Travel kompaniyasi yetkazib berdi. Kompaniya vakillariga ko‘ra, hozirda shaharning asosiy obidalarini qamrab oladigan harakatlanish yo‘nalishi tasdiqlanishi kutilmoqda.
Yo‘lovchilar uchun 8 tildagi audiotur ishlab chiqilmoqda. U orqali yo‘nalishdagi obyektlar va Samarqand tarixi haqida bilish mumkin.
Toshkentdagi kabi Samarqandda ham avtobuslarga chiptalarni kun bo‘yiga berilishi rejalashtirilmoqda: yo‘lovchilar bekatda tushib qolishi, shaharning u yoki bu qismi bilan tanishishi va sayohatini kelgusi reysda davom ettirishi mumkin.
Izoh (0)