AQSh eshiklari Rossiyaning yangi diplomatlari uchun har doim ochiq. Bu haqda, AQSh ma’muriyatining oliy martabali vakiliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz chet el maxsus xizmatlari agentlaridan keladigan tahdiddan hadiksiraymiz. Rossiya istisno emas. Rossiya diplomatlarini qabul qilishga kelsak, eshiklarimiz ochiq. Bizda AQShda qabul qilinadigan diplomatlar soni bo‘yicha cheklov yo‘q. Rossiya hukumati bizning diplomatik missiyalarimizdagi odamlar soni bo‘yicha shunday cheklovlarga ega”, — dedi nomi keltirilmagan amaldor.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Skripal ishi munosabati bilan AQShdan ellikka yaqin rossiyalik diplomat chiqarib yuborilgan edi.
Izoh (0)