1996-yilgi Olimpiya o‘yinlarining uch karra sovrindori, suzish bo‘yicha Germaniya terma jamoasi sobiq a’zosi Sandra Felker bo‘ynidagi qarzlarini to‘lash uchun o‘z medallarini sotib yuborishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Sport-Ekspress” nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Sandra Atalanta Olimpiadasida qo‘lga kiritgan bitta kumush va ikkita bronza medalini 67,5 ming yevroga sotgan.
Felker shu tariqa qarzlarining 36,5 foizini yopishga erishdi, ammo baribir o‘zini bankrot deb e’lon qilishiga to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)