PSJ hujumchisi Timoti Vea AQSh terma jamoasi tarkibida debyut qildi. Bu haqda “Futbol 24” ma’lum qildi.
Sobiq futbolchi, “Oltin to‘p” sohibi, ayni damda Liberiya prezidenti bo‘lgan Jorj Veaning o‘g‘li Timoti Paragvayga (1:0) qarshi o‘rtoqlik bahsida zaxiradan maydonga tushirildi.
18 yoshli Timoti 2017-yilda PSJ bilan shartnoma imzolagan. U Nyu-Yorkda tug‘ilgan bo‘lib, AQSh fuqarosi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun Jorj Vea 1995-yilda “Oltin to‘p” sohibiga aylangan.
Izoh (0)