• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Respublika ishchi guruhiga arz: Chustning chiqindisi Popni bulg‘amoqda

    Pop tumanidagi “Yangiobod”, “Yuqori qishloq”, “Yangi to‘da”, “Eski to‘da” aholi punkti fuqarolari ichimlik suvi tanqisligidan To‘dasoy soyiga oqizilayotgan chiqindi suvidan iste’mol qilishga majbur bo‘lyapti. Masalaning dolzarbligi esa Chust tumani sil kasalliklari dispanserining oqava suvlari xlorlanayotgan bo‘lsa-da, kanalizatsiya tizimi orqali shu soy suviga quyib yuborilayotganida, deya xabar beradi  O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “Hududimizda toza ichimlik suvi tarmog‘i yo‘qligi bois aholi soy suvidan iste’mol qiladi. Soyga qo‘shni tumanning barcha yirik tashkilotlari va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarining kanalizatsiya suvi oqizilayotgani sababli, suvning ta’mi sho‘r va iste’molga umuman yaroqsiz. Chiqindixonaga aylangan soydan anqiydigan badbo‘y hid bahordan to qishga qadar uzoq-uzoqlarga qadar yetib bormoqda. Chustning chiqindisi Popni bulg‘amoqda. Bu holatga qachongacha chidash mumkin?! Bormagan joyimiz ham qolmadi. Hech qanday natija yo‘q. Yagona umidimiz Popni o‘rganayotgan respublika ishchi guruhidan”, deydi “Yangi to‘da” mahallasida yashovchi pensioner Mahammadjon Hasanaliyev.

    Jurnalistlar ushbu muammoning kelib chiqish sabablarini o‘rganishdi. Aniqlanishicha, chiqindi suvlarini biologik tozalash inshooti Chust tumanidagi Duoba qishlog‘ida joylashgan “Oqavasuv” ko‘p tarmoqli xususiy korxonasiga tegishli.

    Korxona rahbari Murodjon Yuldashevning aytishicha, bino 1984-yilda qurilgan va 2000-yilga qadar “Barion” korxonasi qoshida bo‘lgan. Umumiy yer maydoni 0,9 gektar va quvvati sutkasiga 400 metr kubga teng.

    — Nufuzli korxona bankrot bo‘lgach, 2000-yil 30-dekabrda “Oqavasuv” ko‘p tarmoqli xususiy korxonasi sifatida tashkil etildi, — deydi M.Yo‘ldoshev. — Mana, 18 yildan buyon ishlab kelayapmiz. 1 oyda 3–3,5 million so‘mlik xizmatlar bajaramiz. Ammo ko‘plab byudjet tashkilotlari bizga mablag‘ o‘tkazib bermaydi. Bu yerdagi harbiy qism yaxshi mijozimiz edi. Ammo 2015-yilda Harbiy prokuratura tergov qilib, qism ortiqcha byudjet mablag‘laridan 17,5 million so‘m to‘lab yuborganini aniqlagan va buni zimmamizga yuklagan edi. Hozir 80 million so‘m qarzimiz bor. 55 million so‘mi ish haqidan, 13 million so‘mi elektr energiyasidan, 12 million so‘mi esa soliqdan shakllangan. Bir vaqtlar bu yerda 22 tagacha odam ishlardi, endilikda esa 5 kishi amal-taqal qilib kun o‘tkazmoqda. Bizni bu inshootni na ta’mirlashga, na biror o‘zgarish qilishga qurbimiz yetmaydi. Yechim uchun eng to‘g‘ri yo‘l – uni viloyat “Suvoqava” korxonasi tarkibiga o‘tkazish. To‘g‘ri, meni davlat sanitariya xizmati bir necha marotaba ogohlantirdi. Ammo iqtisodiy imkoniyatim bo‘lmasa, nima qilishim kerak? Axir muammo xususiy emas, hudud ahamiyatiga molik. Bir necha marotaba qilgan murojaatlarimga hech bir mas’ul e’tibor qaratayotgani yo‘q.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Inshoot hozirda kapital ta’mirga muhtoj bo‘lib, bir necha yillardan buyon ta’mirlash ishlari o‘tkazilmagan. Quvurlar eskirib chirib ketgan. Hozirgi kunda chiqindi suvlar birlamchi hovuzlarda tindirilmayapti. Xlor bilan to‘liq zararsizlantirilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hududdan oqib o‘tgan ochiq suv havzasiga tashlab yuborilmoqda. Aslida bu umuman mumkin emas. Tozalangan chiqindi suvlari quvur orqali sug‘orish maydonlariga tashlanishi lozim. Bu maqsad uchun qurilgan 1 kilometr uzunlikdagi quvurlar chirib-yorilib qo‘rqinchli holatga kelib qolgan. Suv tortish nasoslari umuman yo‘q bo‘lib ketgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    — Biz bu yerda doimiy monitoring o‘tkazib turamiz, — deydi Chust tumani Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi Zayniddin Anorqulov. — Inshootga sutkasiga taxminan 1000-1500 metr kub suv tushayotganini aniqlaganmiz. Bu belgilangan me’yordan 4–4,5 barobar ko‘p bo‘lib, chiqindi suvlarini to‘liq biologik tozalash ishlari o‘tkazilmayapti. Boz ustiga inshootda xlor zaxirasi yo‘q. Oqibatda ochiq suv havzasiga quyib yuborilayotgan chiqindilar taxminan 4–5 kilometr masofa hududdan oqib o‘tib, Katta Farg‘ona kanali va Sirdaryo suv havzalarini ifloslantirmoqda. Aholi o‘rtasida yuqumli va parazitar kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lyapti. Markazimiz laboratoriyasida tekshiruvlar o‘tkazilganda suv tarkibidan yuqumli ichak kasallikligini keltirib chiqaruvchi mikroblar borligi aniqlangandi. Eng yomoni, Chust tumani sil kasalliklari dispanseri oqava suvi ham garchi xlorlanayotgan bo‘lsa-da, shu kanalizatsiya tizimiga qo‘yilmoqda va oxir-oqibat u soy suviga quyib yuborilmoqda. Biz bu haqda tuman prokuraturasi va hokimligini, yuqori turuvchi tashkilotimizni muntazam xabardor qilib, qat’iy nazoratga olish va amaliy ishlar ko‘rish bo‘yicha xatlar kiritganmiz. Natija esa hamon yo‘q.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    O‘zi shu soy suvidan ichib ko‘rmagan hokim o‘rinbosari, janob Ulug‘bek Hamroxo‘jayev dastlab jurnalistlarga ko‘rsatgan “hurmati”dan keyin, masala mohiyatini tushunganday bo‘lib, biror tayinli ish qilgan-qilmagani yoki taklifi haqida so‘zlab berdi:

    — Tumandan sutkasiga 1500-2000 kub metr chiqindi suvlari chiqayapti. Hammasi shu yerga kelib to‘planadi. Viloyat “Suvoqava” tashkiloti mazkur obyektni o‘z tarkibiga olishi uchun xususiy korxonaning mavjud qarzdorligidan chiqarish zarur bo‘lyapti. Ushbu muammoni hal qilish yuzasidan 5 milliard 746 million so‘mlik taxminiy loyiha qilganmiz (loyiha Namangan viloyati Pop tumanidagi mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha tashkil etilgan Respublika ishchi guruhining ogohlantirishidan keyin zudlik bilan bajarilgan – tahririyat). Buncha qimmat loyihani o‘z imkoniyatimiz bilan qila olmaymiz. Vaholanki, sal teparoqda 1978-yilda qurilishi chala qolib ketgan bino turibdi. Yaponiyaning JICA tashkiloti vakillari bu binolarni kelib, ko‘rib ketishdi. Agar mablag‘ ajratishsa, oqova suvlarning tozalash tizimini o‘sha joyda qurganimiz maqsadga muvofiq. Unda kuniga 10 ming kub metr chiqindini tozalash imkoniyati paydo bo‘ladi.

    Ko‘rinib turibdiki, mahalliy ma’muriyat mablag‘ yetishmasligini ro‘kach qilmoqda va shu vaqtgacha amaliy ish mayli, hech yo‘q jo‘yali bir taklif bildirgani haqida so‘zlab bera olmaydi. 5,7 milliard loyihani tayyorlab berish oson, ammo bu obyekt atrofida yashayotgan odamlarning og‘irini yengil qilish uchun nima ish bajarishni poytaxtdan keladigan ishchi guruhi ko‘rsatib berishi kerakmi? Nahotki bu global muammoga sektor rahbarlari panja ortidan qarab kelmoqda?

    29.03.2018, 11:58   Izoh (0)   13664
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Senat yalpi majlisida “Davlat mukofotlari” to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri ma’qullandi

    29.03.2018, 11:45

    Rossiya O‘zbekistonga o‘zining rus tili o‘qituvchilarini yuborishni taklif qildi

    29.03.2018, 11:35

    Shavkat Mirziyoyev 30-mart kuni Jizzaxga tashrif buyuradi

    29.03.2018, 11:24

    Yangilangan “Abu Saxiy” bozori ma’muriyati binosida bir guruh jurnalistlar “jismoniy va ruhiy tazyiq”ga uchradi

    29.03.2018, 11:10

    Qirg‘iziston bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

    29.03.2018, 11:08

    O‘zbekistonda 2027-yilga kelib, lobbilashtirish — qonunchilik tashabbuslarini kiritish va ilgari surish tartibi ishga tushadi

    29.03.2018, 10:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.