Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov boshchiligidagi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb xabar berdi O‘zA.
Mehmonlarni Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara majmuasida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari va keng jamoatchilik vakillari tantanali ravishda kutib oldi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasida iqtisodiy, madaniy, chegara masalalari bo‘yicha aloqalarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, shuningdek, savdo-sotiq, turizm, energetika, transport sohalaridagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Chegara majmuasida mehmonlarni kutib olishga bag‘ishlangan tadbirdan so‘ng, Sapar Isakov rahbarligidagi delegatsiya Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.
Farg‘onada O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari raisligidagi ikki davlat chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)