Rossiya O‘zbekiston hududlariga rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarini yuborish bo‘yicha dasturni amalga oshirishni taklif qildi, deya xabar bermoqda Sputnik.
“Rossiya ta’lim va fan vazirligi o‘zbek tomoniga u yerga o‘qituvchilar guruhini yuborishni taklif qildi… Ammo, afsuski, O‘zbekiston davlat tuzilmalaridan hamon javob kelgani yo‘q, oradan esa yarim yilcha o‘tib ketdi”, — dedi “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Viktor Shulika.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati O‘zbekiston hududlari uchun rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarini saralab olish tizimini allaqachon tashkil qilib bo‘lgan va endi O‘zbekiston vakolatli organlarining javob qarorini kutmoqda.
“Rossiya malakali pedagoglarni tanlab olish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi, ularga maxsus maosh to‘laydi. Umuman olganda, bizning talablarimiz katta emas — mahalliy tomon boshpana va ishlash uchun zarur sharoitlarni taqdim etsa bo‘lgani”, — dedi Shulika.
Izoh (0)