Ma’lumki, qadimdan Markaziy Osiyoda o‘troq va ko‘chmanchi aholi guruhlari yashab kelgan. Bu ikki guruh aholida ovqatlanishning o‘ziga xos an’analari, o‘ziga xos taomlar shakllanib borgan. O‘zbekistonlik tarixchi va arxeolog olim, O‘zRFA Arxeologiya instituti mutaxassisi Farhod Maqsudning mazkur masala tadqiqiga bag‘ishlangan maqolasi Scientific Reports jurnalida chop etildi.
“Qadimgi Ipak yo‘lida savdo va ayirboshlashning keng tarmog‘i shakllangan bo‘lib, bu tovarlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining O‘rta Osiyo shaharlari va chorvador guruhllari orasida harakatlanishini ta’minlab berdi. Oziq-ovqat iste’moli modellarini ijtimoiy-iqtisodiy harakat namoyishi sifatida ko‘rib, qadimgi insonlar qoldiqlarida uglerod va azot izotoplari tahlilini o‘tkazdik”, — deydi olim.
Tahlildan o‘tkazilgan izotop namunalari asosida ko‘chmanchi va o‘troq aholining oziq-ovqat iste’molidagi xilma-xilliklar aniqlandi. O‘troq jamoalarida past izotop variatsiyalar bu guruh odamlari asosan o‘zlari yetishtirgan mahsulotlar bilan oziqlanganini ko‘rsatib berdi.
Aksincha, ko‘chmanchi jamoalarda taomlar xilma-xil, boyroq va kuchliroq bo‘lgani aniqlandi.
Izoh (0)