Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riojlantirish vazirligida Janubiy Koreyaning Iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi (Economic Development Cooperation Fund) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda jamg‘arma O‘zbekistonga yo‘naltiradigan 500 mln dollar miqdoridagi kredit mablag‘i evaziga amalga oshiriladigan yangi loyihalar muhokama qilindi.
Shunday loyihalardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida kovorking markazlarini tashkil qilish tashabbusidir. Bunday markazlarda muntazam ravishda sarmoyador va g‘oya egasi ishtirokida muhokamalar, shuningdek mashg‘ulot va seminarlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Uchrashuvda har ikki tomon AKT sohasida istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Izoh (0)