Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkentda bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada Xitoy delegatsiyasiga rahbarlik qilgan tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Li Baodunni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Li Baodun O‘zbekiston rahbariyatini Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent forumi muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi.
Suhbatda Afg‘onistondagi tinchlik mintaqaning barcha davlatlariga naf keltirishi, mintaqaviy va transmintaqaviy savdo barcha yo‘nalishlarda rivojlanishiga xizmat qilishi borasida O‘zbekiston va Xitoy yakdil fikrda ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, hozirda Xitoy raislik qilayotgan SHHTning davlat rahbarlari kengashiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi. Xalqaro va mintaqviy kun tartibining boshqa dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)