Kataloniya muxtoriyatining sobiq rahbari Karles Puchdemon uni Ispaniyaga topshirish ehtimoli masalasida qaror qabul qilingunga qadar Germaniyada hibsda qoladi. Noymyunster mahalliy sudi tomonidan 26-mart, dushanba kuni tegishli qaror chiqarildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Sudya ayblanuvchi ozod qilingan taqdirda tergovdan yashirinishi mumkinligining ehtimoli yuqori ekanligini inobatga olgan. Majlis davomida, shuningdek, hibsga olinganning shaxsini identifikatsiya qilishning rasmiy jarayoni o‘tkazildi.
Endi ekstraditsiya masalasi bilan Shlezvig-Golshteyn federal yeri Oliy sudi shug‘ullanadi. U Madrid talabnomasini o‘rganib chiqishi va buni amalga oshirish uchun huquqiy to‘siqlar bor-yo‘qligini aniqlashi lozim.
Izoh (0)