Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kemerovodagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida yuz berib, 64 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan yong‘in oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha yig‘ilish boshladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Prezident qurbonlarning qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, yig‘ilishni bir daqiqalik sukut bilan boshladi.
“Bizda sodir bo‘layotgan narsa jangovar harakatlar emas, konda metanning kutilmaganda otilib chiqishi emas. Odamlar, bolalar dam olish uchun kelgan. Biz demografiya haqida gapiryapmiz va shuncha odamni nima sababdan yo‘qotyapmiz? Jinoiy mas’uliyatsizlik, pala-partishlik sababdan”, — dedi Putin.
Izoh (0)