Senegal — O‘zbekiston uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.
Uchrashuvda hisob O‘zbekiston terma jamoasi tomonidan ochildi. O‘yinning 20-daqiqasida Sardor Mirzayev penalti ishladi. 11 metrli jarima to‘pini Otabek Shukurov aniq amalga oshirdi. Birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda Senegal javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning 63-daqiqasida Mussa Konate hisobni tenglashtirdi. Shu hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi.
Shu tariqa O‘zbekiston milliy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Temur Kapadzening murabbiylik faoliyati durang bilan boshlandi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
23-mart, juma
Senegal — O‘zbekiston 1:1
Gollar: 0:1 — 20, penalti Otabek Shukurov. 1:1 — 63 Mussa Konate.Senegal: 16.Pape Seydu Ndiaye, 21.Lamin Gassama (18.Ismoila Sarr, 80), 4.Fallu Diagne, 13.Alfred Ndiaye, 2.Papi Jilaboji, 11.Sheyk Ndoye, 24.Assane Diouseye, 25.Santu Ngom (15.Diafra Sako, 85), 14.Mussa Konate, 19.Bay Umar Niasse (22.Anri Save, 66), 27.Pape Suare (28.Arman Traore, 75)
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akrom Komilov, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Akmal Shorahmedov, Odil Ahmedov, Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov (Ikrom Aliboyev, 68), Sardor Mirzayev (Jaloliddin Masharipov, 58), Eldor Shomurodov (Sardor Rashidov, 85), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Marat Bikmayev, 68)
Izoh (0)