Xabaringiz bor ayni vaqtda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Andijondagi “Sog‘lom avlod” stadionida Keniya olimpiachilariga qarshi maydonda to‘p tepmoqda.
O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 19 ming tomoshabinga mo‘ljallangan “Sog‘lom avlod” stadioni muxlislar bilan liq to‘lgan. Ma’lumot uchun ushbu o‘rtoqlik o‘yiniga chiptalar, O‘FA tashabbusi bilan muxlislarga bepul tarqatildi.
O‘yin boshlanishidan avval so‘z ustasi Valijon Shamsiyev stadionga yig‘ilgan muxlislarning ko‘nglini ko‘tardi.
Izoh (0)