17-mart kuni turli yoshdagi mingdan ortiq o‘quvchi “Kenguru” nomli xalqaro tanlov-o‘yinida qatnashdi. O‘zbekistonda tanlov birinchi marta o‘tkazilishi, deb xabar beradi UzDaily.
Tanlovni “Chegarasiz Kenguru” (AKSF) tashkilotining O‘zbekistondagi namoyandasi — Olympia MChJ tashkil etdi.
Tanlov XX asr 80-yillaridan o‘tkazib kelinadi. 2018-yili 80 mamlakatdan 6 milliondan ortiq maktab o‘quvchisi unda ishtirok etdi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirishdir. Unda 2–10-sinf o‘quvchilari qatnashadi.
Test o‘zbek, ingliz va rus tillarida o‘tkazildi.
Izoh (0)